Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11- Yahudiylik dini tarixidan. Yahudiylik dinining paydo bolishi.
Sepitoma Zardusht:
Kim g'alla eksa olijanobdir. G'alla ekkan kishi Ezgulik urug'ini sochadi. Axuramazdaga e'tiqodini kuchaytiradi, mustahkamlaydi. Bu qonunning bajarilishi o'z ahamiyatiga ko'ra 10 ming duo o'qish, yuzlab qurbonlik qilishdan a'lodir. Ekin ekmoq Yovuzlikni yeryuzidan tugatmoq demakdir. Chunki bug'doy o'stirila boshlansa, devlarni qora ter bosadi; sovurilgan bug'doy tayyor bo'lsa, devlar zaillashib qoladi; un tayyor bo'lgach esa devlar nola-fig'on chekishadi. Devlarni mag'lub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo'lishi lozim. Bu ovqatni yegandan so'ng ular juda qizishib ketadi va qocha boshlaydi. 11-& Yahudiylik dini tarixidan. Yahudiylik dinining paydo bo'lishi. Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xal- qining yakka xudolikka asoslangan dinidir. Bu dinning nomi yahudiylar- ning yahudo qabilasi nomidan olingan. Yahudiylik dinining paydo bo‘lishi jarayoni uzoq tarixiy davmi o‘z ichiga oladi va uning asosida yahudiylarning yagona davlatga birlashishga intilishlari yotadi. Yahudiy qabilalari dastlab ko‘chmanchi tarzda yashaganlar. Miloddan awalgi XIII asrda Yuqori Mesopatamiyada yashagan yahudiylar Falastinni bosib olganlar. Mana shu tarixiy davrdan dastlabki yakka xudolik dinlaridan biri — yahudiylik dinining shakllanish jarayoni boshlanadi. Yahudiylik dinining taraqqiyo- ti, uning bugungi ko'rinishda shu kungacha yetib kelish tarixi — yahudiy xalqining o‘z boshidan kechirgan og‘ir tarixiy sinovlari bilan bevosita bog‘liqdir. Shu jihatdan olganda, yakka xudolikka asoslangan yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir necha davr- larga bolinadi. Xususan, bu dinning shakllanish davri — Falastin davri deb ataladi. Falastin bosib olinganidan so‘ng yahudiylar o‘troqlik hayot tarziga o‘ta boshlaganlar. Miloddan awalgi X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik tarixiy voqea yuz berdi. Ya’ni tarix- da ular birinchi bor o‘z davlatlariga ega bo‘ldilar. Bu davlatning vujudga kelishida yahudiylaming yahudo qabi- lasi asosiy rol o‘ynagan. Bu qabila dastlabki podsholik sulolasiga asos solgan. Birinchi bor mamlakatni birlashtirib, Isroil—Yahudiya davlatini Ьафо qilgan shaxs — Dovuddir (1004—965). Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo — yahudo qabilasining xudosi Yahvega sig‘inadigan bo‘lganlar. Shu tariqa, miloddan awalgi X asrdan boshlab yahudiylik dini umumdavlat diniga aylangan. Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) miloddan awalgi X asrda hashamatli Yahve ibodatxonasini qurdirgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling