Dunyo dinlari tarixi


Yahudiylik dinining muqaddas kitobi


Download 0.49 Mb.
bet25/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
дин

Yahudiylik dinining muqaddas kitobi. «Qadimgi Ahd» qismi va «Talmud»yahudiylik dinining muqaddas kitoblaridir. «Qadimgi Ahd» Bibliyaning birinchi qismi bo'lib, u «Tavrot» va «Zabur» kitoblaridan iborat.
«Tavrot» («Qonun») dudo tomonidan Muso payg'ambarga, «Zabur» («Sanolar kitobi») esa Dovud payg'ambarga yuborilgan, deb ishoniladi.
«Qadimgi Ahd» (Ahd so'zi — xudo bilan ahdlashuv, kelishuv degan ma'nolarni anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi «Musoning besh kitobi» deb ataladi va ular quyidagicha nomlanadi:

  1. «lbtido» (Borliq); 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5) Ikkinchi qonun.

Ibtido — bu, olamning va insonlarning xudo tomonidan yaratilganligi; jannat, unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli jannatdan haydalganlari; insoniyatning ko'payishi va qadimgi tarixi, butun dunyo suv toshqini, undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi urug' boshliqlari (Ibrohim, Is'hoq, Ya'qub, Yusuf) hayoti, yahudiylarning Misrga ko'chib borishi haqidagi kitobdir.
«Chiqish» kitobi — yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti vafaoliyati, uning yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shu­ningdek, xudoning Musoga bergan 10 vasiyati haqidagi kitob.
«Loviy» — oilaviy hayot haqidagi kitob.
«Sonlar» kitobi — qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan davrdan to Falastinni bosib olgunlariga qadar bo'lgan tarixiga bag'ishlangan.
«Ikkinchi qonun» — bu, diniy qonunlar kitobidir.
Bu besh kitob bitta nom bilan — «Tora» (Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik diniy ta'limotining asosi hisoblanadi. «Zabur» («Hazrati Dovudning Sanolar kitobi» deb ham ataladi) — diniy- musiqiy she'riyat bo'lib, 150 ta «sano»dan iborat. Ular asosan Xudoga bag'ishlangan madhiyalar, diniy qo'shiqlar, duolar, sluikronalar, iltijolar, nola-yu fig'onlardan iborat. Yahudiylikning ikkinchi kitobi «Talmud»dir («0'rganish»).
Talmudning yozilishiga nima sabab bo'lgan?
Ma'lumki, milodning boshlarida nurab borayotgan qadimgi Rim imperiyasi hududida yangi din — xristian dini zo'r kuch bilan yoyila boshlagan. Bu hoi yahudiylar oldiga o'z dinlarini saqlab qolish va shu orqali bu xalqning o'zligini ham saqlab qolish vazifasini qo'ygan.
Bu vazifani birgina Tavrot kuchi bilan hal etib bo'lmas edi. Shu tariqa Tavrotning yangi sharoitdagi — ham diaspora, ham xristianlik tarqalayotgan sharoitdagi talqini — Talmud yaratilgan.
Bu kitobda yahudiylik dinining aqida va marosimlari, urf- odatlari bayon etilgan.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling