Dunyo dinlari tarixi
Ossuariy — odam suyaklari solinadigan mahsus idish Chinvot —
Download 0.49 Mb.
|
дин
Ossuariy — odam suyaklari solinadigan mahsus idish
Chinvot — qil ko'prik. SAVOL VA TOPSHIRIQLARZardushtiylikda xudo Axuramazda qanday tasvirlangan? Olamning qarama-qarshiliklar asosiga qurilganligi zardushtiylikda qanday izohlangan? Zardushtiylikning dunyo tuzilishi haqidagi ta'limoti mazmunini tu- shuntirib bering. Zardushtiylikda odamzodning abadiylikdan mahrum bo'lishi qanday izohlangan? Zardushtiylikda dunyoni azaliy Ezgulik bag'riga qaytarishning yo'li haqida nima deyilgan? Zardushtiylikning o'lim, narigi dunyo, u yerdagi hayot haqidagi ta'limoti mazmunini so'zlab bering. Zardushtiylikda nima uchun Olov, Tuproq, Suv va Havo muqaddas hisoblanadi? Zardushtiylikning marosimlari haqida so'zlab bering. Zardushtiylikda mehnatning ulug'lanishiga misollar keltiring. Zardushtiylik axloqining asosini qanday tamoyillar tashkil etadi? BULARNI O'QING: Zardusht Axuramazdaga dcdi: O, moddiy dunyoni, haqiqatni yaratuvchi! Zamindagi eng muhtaram manzil qaysi go'shadir? Axuramazda dedi: Inson uy tiklab, olovga va oilasiga, xotini va farzandlariga, podalariga o'rin ajratib bersa, yem-xashagi ko'p bo'lib, chorvasi va iti to'q yashasa. uyida noz-ne'matlar muhayyo bo'lib, oilasi farovon yashasa; uyida e'tiqodi sobit, olovi alangali, boshqa narsalari mo'l-ko'l bo'lsa, o'sha manzil muhtaramdir. Sepitoma Zardusht o'ng qo'li va so'l qo'li bilan, so'l qo'li va o'ng qo'li bilan yerga ishlov bersa, mehnat qilsa — u zamin rahmatiga musharraf bo'lajak. Zamin insonga shunday dedi: O, sen, inson. O'ng qo'li va so'l qo'li bilan, so'l qo'li va o'ng qo'li bilan menga ishlov bemvchi, mehnat qiluvchi zot! Men haqiqatan ham har xil noz-ne'mat, ziroatlarimni, mo'l-ko'l hosilimni sendan ayamayman. O'ng qo'li va so'l qo'li bilan, so'l qo'li va o'ng qo'li bilan yerga ishlov bermaydigan, mehnat qilmaydigan kimsalarga esa, O, Sepitoma Zardusht, Zaminningjavobi shunday: «0, sen, odam, menga topinmaydigan, mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatan ham tilanchilarqatorida, yot eshiklarga ta'zim qilib, abadulobod bosh egib turajaksan! Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling