Dunyo dinlari tarixi


Vatandoshlarimiz — buyuk muhaddislar Imom al-Buxoriy


Download 0.49 Mb.
bet66/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Bog'liq
дин

Vatandoshlarimiz — buyuk muhaddislar Imom al-Buxoriy.. Islom olamida eng yetuk va mashhur. muhaddis Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy 810- yilning 20- iyulida Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi shayx Ismoil ibn Ibrohim o'z davrining ilmli odamlaridan edi. Biroq unga o'g'lining qanday inson bo'lib yetishishini ko'rish nasib etmagan.Imom al-Buxoriy go'dakligidayoq otadan yetim qolib, onasi qo'lida voyaga yetgan. Aql-idrokli, o'tkirЈzehnli bo'lgan Imom al-Buxoriy 10 yoshidanoq arab tili va hadis kitoblarini astoydil o'qigan va ularni yodlashga qunt bilan kirishgan.825- yilda u onasi va akasi bilan haj safariga borgan. 6 yil Hijozda yashab, hadis ilmidan astoydil saboq olgan. So'ngra o'z bilimini yanada oshirish maqsadida Damashq, Qohira, Basra Kufa va Bag'dod kabi shaharlarda yashab, mashhur olimlardan hadis, fiqh ilmidan tahsil ko'rgan. Ilmiy bahslar va munozaralarda qatnashgan.863—868-yillarda Nishopurda yashagan va madrasada hadis ilmidan dars bergan. Ikki buyuk bobolarimiz — Imom al-Bu­xoriy va Imom at-Termiziylarning — birinchi uchrashuvi ana shu shaharda yuz bergan.Imom at-Termiziy al-Buxoriyni o'z ustozi deb atagan. O'z navbatida, al-Buxoriy ham shogirdi va safdoshi at-Termiziy salohiyatiga yuksak baho berib: «Sen mendan bahra topganingdan ko'ra, men sendan ko'proq bahra topdim», — degan ekanlar. Imom al-Buxoriy zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan g'oyatda shuhrat qozongan. Manbalarda uning 300 mingdan ortiq hadisni yod bilgaraigi qayd qilingan.Buxoroga qaytgach, u ham ijod bilan, ham hadis ilmidan saboq berish bilan shug'ullangan. Biroq tez orada hasadchilar chaquvi tufayli al-Buxoriy bilan Buxoro amiri o'rtasida ixtilof kelib chiqadi. Natijada, al-Buxoriy Samarqandga ko'chishga majbur bo'ladi. .Imom al-Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog'ida 62 yoshida vafot etgan va shu yerda dafn etilgan.
Imom al-Buxoriy merosi va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Imom al-Buxoriydan boy va qimmatliilmiy meros — 20 dan ortiq asar qolgan.. Ularning ichida «Al-Jome' as-sahih» (Ishonarli to'plam) va «AI-Adab al- mufrad» (Adab durdonalari) eng mashhurlaridir.
«AI-Jome' as-sahih» islom olamida Qur'ondan so'ng keyingi ikkinchi muqaddas kitob, deb yakdillik bilan e'tirof etilgan.Bu to'plam 7275 ta eng «sahih» — ishonarli hadislardan iborat. Hadislar nafaqat shariat manbayi, ayni paytda tarbiya manbayi hamdir. Masalan, barbiringiz imonli bo'lish haqida eshitgansiz, albatta. Hadisda inson imoni mukammal bo'lmog'ining 3 sharti haqida bunday deyilgan:a) to'g'ri e'tiqodli bo'lish; b) kishilar bilan yaxshi munosabatda bo'lish; d) kishi o'z ustida ishlamog'i va o'zini ibodat hamda toatda chiniqtirmog'i lozim.Bu fikrlar keyingi hadislarda yanada rivojlantirilib, iymoni mukammallikka yana quyidagi uch shart qo'shilgan:a) insofli va adolatli bo'lish; b) barchaga salom berish; d) kambag'allarga sadaqa berib turish.Shuningdek, hadislar to'plamida insonlarning bir-biriga meh- ribon-dilkash, hayoli bo'lishlari, bir-birlariga ko'makdosh bo'lishlari, og'ir kunlarda yelkadosh bo'lishlari, bir-biriga nisbatan fisqu fasod qilmaslik, fitnachi, munofiq bo'lmaslik haqidagi hadislar inson tarbiyasida alohida o'rin tutadi.
Quyidagi hadislar mazmuniga diqqat qiling:
- Qo'li va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir.
- Ochlarni to'yg'azish islomdandir.

  • O'zi yaxshi ko'rgan narsani o'zgalarga ravo ko'rmoqlik iymondandir.

  • Fitnadan hazar qilmoq dindandir.

  • Hayo iymondandir.

  • Omonatga xiyonat qilmoqlik, yolg'on so'zlash, so'zda turmaslik, kek saqlashlik munofiqlikning alomatlaridir.

Imom al-Buxoriyning «AI-Adab al-mufrad» (Adab durdonalari) kitobiga «Ishonarli to'plam»dan 1322 hadis kiritilgan. Bu kitob farzandlarning o'z ota-onalari oldidagi quyidagi burchlari haqidagi hadislar bilan boshlanadi:

  • Ota-onani xafa qilib yig'latish — eng katta gunoh.

  • Ota-onasiga la'nat o'qigan kishiga Alloh taoloning la'nati bo'lsin.11m olish haqidagi quyidagi hadislar ham tahsinga loyiq:

  • Beshikdan lahad og'zigacha ilm istanglar.

  • Chinu Mochinda bo'lsa ham ilmni izlanglar.

Umuminsoniy qadriyatga aylangan bu durdona fikrlarga tan
bermaydigah inson topilmasa kerak.
Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy. At-Termiziy 824-yilda Termiz shahrida tug'ilgan. Umga tashna at-Termiziy qunt bilan o'qigan. Musulmon dunyosining mashhur shaharlarida mashhur allomalardan saboq olgan.
Imom at-Termiziy haqida zamondoshlaridan biri bunday deb yozgan: «Imom al-Buxoriy vafot etib, butun Xurosonda ilmda taqvoda va zuhdda Abu Iso Termiziyga teng keladigan ulug' zotni o'zidan keyin qoldirmadi».
At-Termiziyning hadislar to'plami — «A1 Jome' as-sahih» deb ataladi.
YODDA TUTING:
At-Termiziy hadislarni 3 guruhga ajratgan. Ular —«sahih», «hasan» va «zaif» deb atalgan. Har bir hadisga «sahih», «hasan» yoki «zaif» belgilarini qo'yib chiqqan.
Bu bilan at-Termiziy hadislarning ishonarliligini aniqlashda yana bir bosqichga ko'tarilgan. At-Termiziy 70 yoshda vafot etgan. Bu ulug' zot to'plagan hadislar inson tarbiyasida katta ahamiyatga egaligini quyidagi hadislarni o'qib bilib olasiz:

  • Kimki yolg'on so'zlashni, boshqa birovga bo'hton qilishni qo'ymasa, uning tutgan ro'zasiga Alloh taolo muhtoj emas.

  • Har bir mast qiluvchi narsa haromdir.

  • Ezgulikning eng yaxshisi o'z otasining sevgan odamlariga yaxshilik qilishdir.

  • Kimki kichiklarga rahm-shafqat qilmasa va kattalarga izzat- hurmat ko'rsatmasa, bizdan emas.

  • Bir-biringizning orangizni uzmang, bir-biringizning orqangizdan ayb qidirmang. Bir-biringizni yomon ko'rmang va bir-biringizga hasad qilmang.

  • Qaysi bir yosh kishi qari kishini hurmat qilsa, u keksay- ganida o'sha hurmatni ko'radi.

Xulosa qilib aytganda, islom dinining asosi bo'lgan Qur'ondan keyingi manba — Hadis buyuk bobolarimiz tomonidan to'plangan. Ular o'zlarining bu ulug' ishlari bilan islom dini rivojiga ulkan hissa qo'shganlar.
Butun musulmon dunyosi ulug' bobolarimiz merosisiz islom dinining taraqqiyotini tasavvuretib bo'lmasligini tan olgan. Bundan har qancha faxrlansak-da, kamdir.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling