Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet76/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Bog'liq
дин

YODDA TUTING:


Vahhobiylik bugungi kunda — islomni asl holatiga qaytarish niqobi ostida hokimiyat uchun kurashuvchi diniy- siyosiy oqimdir.
"Hizbut tahrir" haqida. «Hizbut tahrir» (Ozodlik partiyasi)diniy-siyosiy partiyaning vatani — arab­lar dunyosidir. Unga 1928- yilda Misrda tashkil topgan «Musulmon birodarlari» ekstremistik tashkilotidan ajralib chiqqan shayx Taqiyuddin Nabahoniy 1953- yilda asos solgan.
«Hizbut tahrir»ning maqsadi VII asrda tashkil etilgan xalifalikni, ya'ni butun hokimiyat xalifa qo'lida to'plangan davlatini barpo etishdir. Buning ma'nosi — barcha musulmonlar tuZ,l'vchi hududlar yagona davlatga birlashishi va yagona hukmdor -vaS!^lifa tomonidan boshqarilishi lozim. " <(j-|jZbut tahrir» faoliyatini mablag' bilan ta'minlash asosan 0rijdan keladigan mablag'lar, shuningdek, a'zolik badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Xo'sh, XXI asrda VII asrdagi xalifalik davlatini tiklash mumkinmi o'zi? Hozirgi hayot realligi bu savolga ham diniy, ham siyosiy jihatlarni hisobga olgan holda, yo'q, deb javob qaytaradi.
Nima uchun? Manbalarda qayd etilishicha, Muhammad Rasululloh mendan keyin xalifalik o'ttiz yil davom etadi, so'ng turli amirliklar va podsholiklar paydo bo'ladi, degan ekanlar. Haqiqatan ham amalda shunday bo'lgan. Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilardan so'nggi hukmdorlar o'zlarini xalifa deb atagan bo'lsalar-da, aslida yo amir, yo podsho bo'lganlar. Muhammad payg'ambarga xalifa (o'rinbosar) — musulmon jamoasining ham diniy, ham dunyoviy rahbari payg'ambarning vafotidan so'ng islomdan qaytish yuz bermasligi uchun zarur bo'lgan. Chunki Muhammad (s.a.v.) payg'ambar hayotlarining so'nggi davrlarida hali islom dini mustahkam mavqega ega bo'lmagan. Barcha arablar qalbidan hali cluiqur o'rin olmagan edi. Binobarin, Payg'ambarning vafoti ularda umidsizlikni kuchaytirardi. Buning oqibatida islomdan yuz o'girish sodir bo'lishi ham mumkin edi.
Shuning uchun ham Payg'ambar (s.a.v.) darhol o'rinlariga xalifa saylanishiga vasiyat qilganlar. Ayni paytda, xalifa hokimiyati 30 yil davom etsa, islom dini mustahkam qaror topadi, deb ishonganlar. Haqiqatan ham, payg'ambar vafotidan keyingi 4 xalifaning 30 yillik hukmronligi davrida islom dini to'la qaror topdi.
Islomning dunyodagi hozirgi mavqeyi Arab xalifaligining tik- lanishiga muhtoj emas. Binobarin, diniy jihatdan ham xalifalikni tiklash mumkin emas.
Ikkinchidan, xalifalikni tiklash siyosiy jihatdan ham mumkin err>as. Islom xalifaligini tiklash — bu, Yer yuzidagi barcha wusulmonlarni va musulmon davlatlarini yagona bir xalifa qo'l ostiga bo'ysundirish ham demakdir. Buning esa aslo Moji yo'q. Nega? Qani, o'zingiz bir mulohaza yuriting-chi, qays. bir davlat
mustaqil I igini yo'qotishni istaydi? Qaysi dunyoviy davlat dunyoviy taraqqiyot yo'lidan voz kechadi?
Xalifalik tiklanadigan bo'lsa, yana o'rta asrlarda bo'IganjH . I xalifalik hokimiyati uchun kurash boshlanib ketmasligiga kafolat bera oladi? Bir so'z bilan aytganda, islom xalifaiJ*1! tiklashga urinish — bugungi taraqqiyotni orqaga burish. behu'd' qirg'inlarni yuzaga keltirish demakdir.
O'zbekiston davlatining fuqarosi bo'lgan Siz aziz o'quvchila buni doimo yodda saqlamog'ingiz zarur! Demak, Siz hech qachon «Hizbut tahrir» va uning kabi oqimlar tashviqotiga uchmasligingj2 lozim!

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling