Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet78/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
дин

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosining portlatilgan qismi.


Prezident Islom Karimov portlash sodir bo'lgan joyda.

Ayni paytda, ular shaharning eng muhim ob'yektlari joylashgan 5—6 yerda ham portlash sodir etishni rejalashtirganlar. Biroq aqidaparastlar o'z mash'um niyatlariga erisha olmadilar. Shunday bo'lsa-da, bomba portlatildi. Davlatimiz baxtiga, fuqaroiari-miz baxtiga, Siz aziz yosh avlod baxtiga Prezidentimiz omon qoldilar.
Lekin, aqidaparastlarning 16- fevralda Toshkent shahrida sodir etgan jinoyatlari bir qancha begunoh yurtdoshlarimizning umriga zomin bo'ldi.
Islom Karimov o'z joniga suiqasd uyushtirilganiga qaramay o'sha kuni hukumat majlisini o'tkazdi. Aqidaparastlarning jirkanchli niyatlarini fosh etdi. O'zbekiston fuqarolarini jipslikka, ayni paytda hushyor va ogoh bo'lishga yana bir bor da'vat etdi.
Begunoh halok bo'lgan yurtdoshlarimiz oilalariga O'zbekiston Prezidenti va hukumatining hamdardligi bildirildi. Halok bo'lganlar xotirasi uchun 18- fevral Motam kuni deb e'lon qilindi.
Jinoyatchilarning asosiy qismi hibsga olindi. Sud ularga jinoyatlariga yarasha jazo choralarini belgiladi.
Ogohlikka yana bir karra da'vat. 2005-yilning 13-may kuni xalqaro terrorizm Andijonda mudhish qonli
jinoyat sodir etdi. Buning oqibatida 176 kishi halok bo'ldi.O'zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, «Andijon voqealari xalqaro terrorizmning oldindan puxta rejalashtirgan va O'zbekistondagi mavjud

Konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan ag'darib tashlash, kelajakda xalifalik tashkil etish maqsadida amalga oshirgan harakatidir. Xalqaro terrorizm markazlari Andijonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun o'zini «Turkiston islom harakati» (sobiq «0'zbekiston islom harakati»), «Hizbut-tahrir» va uning bir tarmog'i bo'lmish «Akromiylar» kabi xalqaro terrorchi tashkilotlarni jalb etdi. Bosqinchilar uchun qurol-aslahalarning bir qismi Andijonga ular hujum boshlashidan oldin chetdan keltirildi. Bu terrorchilik harakatida chet el fuqarolari ishtirok etdi». Bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Andijonda ham xalqaro terrorizm o'zining jinoyatdan iborat bo'lgan siyosiy maqsadlarini islom dini niqobi ostida amalga oshirishga urindi. Bu xalqaro terrorizm uchun sinalgan vositadir. Afsuski, dunyoda sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining 80% i muqaddas islom dini nomi bilan sodir etilmoqda. Bu hodisa barcha sofdil kishilarni tashvishga solmay qolmaydi.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning: «...Biz xalqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas dinimiz — islom dini bilan bog'lashdek xavfli niyat va urinishlarni keskin qoralaymiz. Bunday oqibati o'ylanmagan va ig'vogarona xatti- harakatlar birinchi galda eng ashaddiy ekstremistik harakat va tashkilotlarga qo'l keladi>\ — degan so'zlari bunday tashvishning aks sadosidir.
Nega xalqaro terrorizm o'zining g'arazli maqsadini amalga oshirish uchun aynan Faig'ona vodiysi, xususan Andijonni tanladi?
Farg'ona vodiysida uch sobiq sovet respublikalari — O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston o'zaro tutashgan. Andijon shahri esa Qirg'iziston voqealari markazi bo'lgan O'sh shahridan atigi 40 km uzoqlikda joylashgan. Bundan tashqari, Farg'ona vodiysida 7 mln. aholi yashaydi va u Markaziy Osiyoning aholisi eng ko'p hududi hisoblanadi. Andijon shahri esa Farg'ona vodiysining qoq markazida joylashgan. Binobarin, bu shahar Farg'ona vodiysini nazorat qilish uchun ham nihoyatda qulaydir. Shuning uchun ham xalqaro terrorizm bu shaharni tanladi va o'zining mash'um niyatini amalga oshirishda «Turkiston islom harakati» va «Hizbut-tahrir»dan foydalandi. Bu ikki tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo respublikalaridagi mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o'zgartirishdan iboratdir.
«Hizbut-tahrir» hatto islom davlatlarida ham taqiqlangan.
Ba'zi xalqaro siyosatshunoshlarning fikricha «Hizbut-tahrir» Markaziy Osiyoni qaytadan bo'lish sharpasidir.
Xulosa shuki, Andijon voqealari O'zbekiston fuqarolarini ogoh bo'lishga yana bir bor undaydi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling