QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN:
«... Islom dini birodarlik, mehr-muhabbat va rahm- dillik dini bo'lib, terrorchilik va buzg'unchilikning har qanday ko'rinishini rad etadi va keskin qoralaydi. ... Bugungi kunda namoyon bo'layotgan diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg'unchilik xatti-harakatlarini islom nomidan gapirib, yovuz maqsadlarini oqlashga urinishdan o'zga narsa emas*.
Ular o'zlaricha islom xalifaligini tiklashni da'vo qiladilar. Lckin hozirgi paytda xalifalikni yangidan qurish mumkin emas. Agar chindan ham xalifalik qurmoqchi bo'lsalar, nega islom dini paydo bo'lgan davlatlarida bu ishni amalga oshirmaydilar?
Shayx Muhammad Hishom Qabboniy — Amerika Oliy Islom Kengashining raisi.
Shayx Muhammad Hishom Qabboniy haqida.
Amerika Oliy Islom Kengashining raisi, taniqli jamoat arbobi Shayx Muhammad Hishom Qabboniy 1945-yilda Livanda tug'ilgan. U islom dinining bugungi kundagi yirik nazariyotchisi, naqshbandiya tariqatining ko'zga ko'ringan namoyandalaridan biri. Kimyo sohasi bakalavri, tibbiyot hamda islom huquqi fanlarining doktoridir.
Shayx Qabboniy Amerikadagi «Musulmonlar hamkorligi» ha-rakati va «Musulmon» jurnalining Prezidenti, «As-Sunna» jamg'armasi hamda «Kamilat» nomli musulmon ayollari tashkilotining raisi, Amerika inson huquqlari bo'yieha kengashining, shuningdek, AQSH Davlat departamenti idorasining diniy erkinlik masalalari bo'yieha maslahatchisi.Shayx hazratlari «Islom arkonlari va iymon» qomusi, «Naqshbandiyning sufiylik tariqati» hamda «Asrorsiz farishtalar yoki an'anaviy mavzuga zamonaviy nazar» kabi asarlarida islom dinining hozirgi paytdagi eng dolzarb masalalarini tahlil etganlar.
Amerika Islom Oliy Kengashi rahbarlari M.Qabhoniy va M.Haqqoniylarning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimov bilan uchrashuvi.
Qabboniy janoblari yaqinda mamlakatimizda bo'lib, qadimiy shaharlarimizni, ajdodlarimizning niuborak qadamjolarini ziyorat etdi, diniy ma'rifatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan bugungi xayrli ishlarimiz bilan tanishdi. «Xalq so 'zi» gazetasi 2000- yil, 10- oktabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |