Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOSHIMCHA OQISH UCHUN
SAVOL VATOPSHIRIQLARFundamentalizm nima va nima uchun uning xavfi dunyo jamoatchilipj. ni cho'chitmoqda? Fundamentalizmning vujudga kelmasligi mumkin edimi? Ekstremizm haqida nimalarni bilib oldingiz? Vahhobiylik haqida so'zlab bering. «Hizbut tahrir»ning maqsadi va uning vahhobiylikka o'xshash hamda farqi nimalardan iborat? Nima uchun islom xalifaligini qayta tiklash mumkin emas? Vaqtli matbuot xabarlari asosida diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyati haqidagi ma'lumotlarni to'plang va ularga nisbatan o'z nuqtayi nazaringizni bildiring. QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN«Muayyan siyosiy kuchiar musulmonlarga «xalifalikni tiklash» g'oyasini 50 yildan beri tiqishtirib keladi. Ularning niyaticha, mabodo musulmonlar xalifa tiklash uchun ommaviy harakat boshlasa, xalifani qaysi yurt va qaysi millatdan saylash muammosining o'zi musulmonlararo qirg'inbarot janglarni kcltirib chiqaradi. Ana shundan keyin isloni dushmanlari boshlarini og'ritib kcla- yotgan katta bir tashvishdan qutuladi — islomning XXI asrda taraqqiy etishining oldi olingan bo'ladi. Hech qanday qurol va xarajatsiz islom dini inqirozga uchrab, uning ustidan g'alaba qozoniladi. Mana, ularning hiylasi-yu, musulmonlarimizning aldanuvchanligi!» O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kcngashining «Qaltis savollarga xolis javoblan.® «Tafakkur» jurnali, 3- son, 1999- yil,- 3- bet. 35-&OGOHLIKKA DA'VAT. Aqidaparastlikning O'zbekiston uchun tahdidi.Aqidaparastlik qator davlatlar kabi O'zbekistonga ham tahdid solmoqda.Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov doimo O'zbekiston fuqarolarini kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va ekstremizm xavfidan ogoh bo'lishga, hushyor bo'lishga da'vat etib kelmoqda. Islom Karimov «0'zbekiston XXI asr bo'sag'asida.”nomli asarida aqidaparastlik tahdidi O'zbekiston uchun quyidagilarda namoyon bo'layotganligini ta'kidlagan: -Eng awalo, aqidaparastlar dindor musulmonlarning islohotchi davlatga bo'lgan ishonchini yo'qqa chiqarishga urinmoq-dalar. Nega shunday qilinmoqda? Bir jamiyat o'rniga ikkinchisini qaror toptirish yo'lida o'tkazilayotgan islohotlar odamlar istaydilarmi, yo'qmi baribir muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu aholining tabaqalanishida, ayni paytda, aholi ma'lum qismi turmush darajasining pasayishida namoyon bo'ladi. Aqidaparastlar bu vaziyatda islomning ommaga yoqadigan tenglik g'oyalarini ilgari suradilar. Islomning ma'naviy-axloqiy me'yorlariga qattiq rioya etishni talab etadilar. Bu o'rinda, shuni alohida ta'kidlash zarurki, iqtisodiy qiyinchiliklar — vaqtinchalik hodisadir. Aholisining turmush darajasi yuqori bo'lgan davlatlar bugungi taraqqiyot darajalariga birdaniga erishmagan. Ular ham, fuqarolari ham iqtisodiy qiyinchiliklar bosqichidan o'tganlar. O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi Shubha yo'qki, O'zbekiston Respublikasi qisqa muddatlarda fuqarolari uchun munosib turmush darajasini ta'minlash holatiga erishadi. Siz, aziz o'quvchilar, buning uchun ma'lum muddat zarurligini tushunmog'ingiz lozim: Aqidaparastlikning tahdidi mamlakatimizda boshlangan islohotlar muvaffaqiyatining garovi: siyosiy barqarorlikni, milliy, fuqarolararo va millatlararo totuvlikni buzishga urinishda namoyon bo'Imoqda. Aqidaparastchilar dunyoviy davlatni, ko'p millatli va ko'p sonli davlatni obro'sizlantirishga urinmoqdalar. ~ Aqidaparastlarga ko'r-ko'rona ergashayotganlar — ular irodasi quli bo'lib qolayotganligi ham tahdid solmoqda. Chunki aqidaparastchi tashkilotlar o'z a'zolariga umumiy maqsad yo'lida aslo chekinmaslik, o'z molidan va hatto jonidan kechish maj- buriyatini yuklaydi hamda qasam ichtiradi. Natijada, ular tashkilotning shafqatsiz va fanatik jangarisiga aylanadi. Aqidaparastlik fuqarolarni «haqiqiy» va «soxta» dindorlarga ajratib, tahdid solmoqda. Buning qanday oqibatlarga olib kelishi Afg'oniston va Jazoir tarixi voqealaridan bizga ma'lum. Aqidaparastlik O'zbekistonning janubiy qo'shnilari bo'lgan daviatlarda davom etayotgan fuqarolar urushi va ichki siyosiy inqirozning hamon davom etayotganligi bilan ham tahdid solmoqda. Aqidaparastlik musulmon va musulmon bo'lmagan mamlakatlar, ularning jamoatchiligi orasida O'zbekiston haqida ko'ngilsiz fikrlarni tarqatish bilan ham tahdid solmoqda. Ayni paytda, aqidaparastchilik ommaning ongida din barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolarni hamda ziddiyatlarni hal etishning universal vositasidir, degan aqidani qaror toptirishga urinish bilan ham tahdid solmoqda. Aqidaparastchilarning o'z mash'um niyatlarini amalga oshirishga urinishlari.Aqidaparastlar keyingi yillarda O'zbekistonda qator mash'um ishlarni amalga oshirdilar. Bu mash'um ishlar yurtboshimiz Islom Karimovning aqidaparastlik tahdidi haqida ogohlikka qilgan da'vatining qanchalik asosli ekanligini isbotladi. Aqidaparastlar o'zlarining amaliy harakatlarini qanday mash'um ishdan boshladilar? Aqidaparastlar dastlab Namangan viloyatida o'z faoliyatini yo'lga qo'ydilar. Tez orada ularning «Adolat», «Islom lashkarlari», «Tavba», «0'zbekiston Islom harakati» kabi tashkilotlari vujudga keldi. Ayrim vatanfurushlar vahhobiy aqidaparastlarning yo'lboshchilari bo'lib maydonga chiqishdi. Ularo'qitish bahonasida yigitlarni chet ellarga yubora boshladilar. U yerga yuborilganlardan aslida jangarilar va qo'poruvchilar tayyorlandi. O'zbekiston vahhobiylarining asl maqsadi chet el yordamida O'zbekistonni Islom davlatiga aylantirish edi. Biroq ular maqsadlariga erisha olmadilar. 1992- yilda vahhobiy tashkilotlar faoliyati taqiqlandi. Shu tariqa, hech bo'lmaganda, dastlab Namangan shahrini «Musulmonobod» shahriga aylantirmoqchi bo'lgan aqidaparastlarning niyati puchga chiqdi. Ularning rahbarlari chet elga qochib ketdilar. Ular o'z jangari guruhlari bilan Tojikistondagi fuqarolar urushida qonuniy hukumatga qarshi kurashgan Tojikiston aqidaparastlari tomonida turib urush harakatlarida qatnashdilar. Chet elga ketolmay qolgan guruhlar pinhona kurash yo'liga o'tdilar. Vahhobiylar 1997-yilda Namanganda yana bosh ko'tardilar. 1997- yilning dekabr oyida qurolli vahhobiy jinoyatchilar keskin harakat boshladilar. Chunonchi, ular bir qancha kishilarni vahshiylarcha o'ldirdilar. Bu endi, ochiqdan-ochiq terrorchilik edi. Aholini qo'rquvda va vahimada tutishga urinish edi. Biroq O'zbekiston hukumatining ko'rgan qat'iy choralari tufayli aqidaparastlar jinoyati fosh etildi. Jinoyatchilar ustidan o'tkazilgan ochiq sud ularga qilmishlariga yarasha jazo belgiladi. 1999- yil fevral voqealari. 1999- yil fevral oyida chet davlatlarda joylashgan va O'zbekistonni o'z ta'sir doirasiga olmoqchi bo'lgan markazlar madadiga tayangan O'zbekistondagi aqidaparast kuchlar yurtboshimiz Islom Karimovga suiqasd uyushtirdilar. Ular Prezident Islom Karimovni jismonan yo'q qilish yo'li bilan davlat parokandaligini yuzaga keltirmoqchi va shu orqali davlat hokimiyatini qo'lga olmoqchi bo'ldilar. 1999-yilning 16-fevral kuni Respublika hukumati binosida Islom Karimov rahbarligida hukumatning navbatdagi maj-lisini o'tkazish mo'ljallangan edi. Majlis o'tadigan kun va soatini aniq bilgan aqidaparast- chilar Islom Karimov hukumat binosi oldiga kelishi bilan bomba portlatish orqali suiqasdni amalga oshi- rishni rejalashtirgan edilar. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling