Dunyo dinlari tarixi


Shariat (to'g'ri yo'l, ilohiy yo'l) — Alloh joriy qilgan qonunlar majmuasi


Download 489.19 Kb.
bet70/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Bog'liq
дин


Shariat (to'g'ri yo'l, ilohiy yo'l) — Alloh joriy qilgan qonunlar majmuasi.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR




  1. Shariat haqida nimalarni bilasiz?

  2. Shariat manbalarini izohlab bering.

  3. Shariat mazhablari nima va ular qanday vujudga kelgan?

  4. Hanafiya mazhabi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  5. Hanafiya mazhabining dunyo bo'ylab keng tarqalganligining sababi mm va nega bugungi kunda bu mazhab obro'sini to'kishga urinish bo'lmoqda.



31-32-& O`RTA OSIYO TASAVVUF VA TARIQAT.


Tasavvuf ta`limoti mazmuni.Tasavvuf ­­­–odamlarni halollikka,poklikka,tenglikka,inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi barcha musulmonlarning teng bo'lib, har kim o'zining halol pehnati bilan kun kechirishini, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ'ib etuvchi ta'limotdir.
Bu ta'limot namoyandalari bunday maqsadga adolat-li jamiyat qurib, yaxshi, odil podshohga ega bo'lish bilangina emas, balki Allohga vujudan berilish, unipg rizosiga yetishish orqali erishish mumkin, deb hisoblaganlar.
Tasavvuf ta'limotida ko'rsatilishicha, hayotiy muammolar bilan bog'liq bo'lgan oliy maqomlarga yetishish bosqichma-bosqich amalga oshadi.
Bu bosqichlarning har birida inson haqiqatga asta-sekinlik bilan yaqinlasha boradi. Eng yuksak haqiqat inson o'z vujudi, ichki mulohazasi va kechinmalai;i orqali yetishgan bilimdir. Demak, tasavvuf yetuklik va ma'naviy kamolot cho'qqilariga yetishish yo'lidir. Dilga Allohning nomini jo qilish insonning qalbini poklaydi, uni iymon, halollik, axloqiy poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik yo'liga undaydi. Shu sababli ham tasavvuf (sufiylik) ta'limotida dilga Allohning nomini jo qilib, halol mehnat bilan kun ko'rishlik inson hayoti va faoliyatining asosiy mazmuni sifatida talqin etiladi. Tasavvufning bu yo'li o'zining asosiy mohiyati jihatidan diniy e'tiqod va iymonni dunyoviy muammolar bilan bog'lash, ularni adolatli hal etishga hissa qo'shishga kishilarni undash bilan ham ahamiyatlidir.
Tariqat nima?Tasavvuf — insonning komil inson darajasiga yetishi oqibatida Allohga yaqinlashuvi haqidagi ta'limot bo'lsa, Tariqat — bu komil inson darajasiga erishishni ko'rsatuvchi to'g'ri yo'l demakdir, ya'ni ma'naviy-axloqiy poklanish bosqichlarini bosib o'tishning yo'l-yo'rig'idir.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, «Tariqat»ning belgisi uchta: ') dam (nafas), ya'ni aytilishi lozim bo'lmagan narsa haqida so'zlamaslik; 2) qadam, ya'ni qilinishi man etilgan ishlarga qa- dam urmaslik; 3) karam, ya'ni ish bilan shug'ullanish,shug'ullanganda ham kerakli ish bilan shug'ullanish va bu paytd ham qalb ibodatini kanda qilmaslik.
Xulosa qilib aytganda, tariqat — bu komil insonlikka qandav qilib erishish mumkinligini ko'rsatuvchi yo'ldir.
Har bir tariqat asoschisi, albatta, o'z yo'lini ishlab chiqqan Va bu yo'lni targ'ib etgan, o'ziga tarafdorlar to'plagan.
O'rta Osiyoda ana shunday o'z tariqatini, ya'ni yo'lini ishlab chiqqan va targ'ib etgan tasawuf tariqatchilari ajdodlarimiz — Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlaredi.
Ahmad Yassaviy va yassaviya tariqati. Islom dini paydo bo'lganidan so'ng uning Qur'oni karim va Hadis ahkomiga mos ravishda paydo bo'lgan tasawuf ta'limotlari X—XI asrlarga kelib O'rta Osiyoda ham keng tarqala boshladi. Ahmad Yassaviy XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo'lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisidir.
Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda (Qozog'istonning □himkent viloyati) Shayx Ibrohim oilasida dunyoga keladi. Rivoyatlarga ko'ra, Yassaviy 63 yoshga yetgach, yer ostida hujra yasatib «chilla»ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlaryozib, riyozatlar chekib, yolg'iz o'tkazgan. Bir rivoyatga ko'ra, u 125 yil, boshqasida esa 133 yil umr ko'rgan, deyiladi.
Yassaviy madaniyatimiz tarixida ilk turkiyzabon shoir sifatida ham mashhurdir. Lining tasavvufni targ'ib etuvchi turkiyda yozilgan she'rlari tilining xalqqa yaqinligi, ohangdorligi bilan tezda mashhur bo'lib ketgan.
Yassaviy tasavvufda «Yassaviya» tariqatiga asos solgan. Barcha tariqatlarda bo'lganidek, «Yassaviya» tariqatining ham o'ziga xos muayyan odob qoidalari bo'lgan.
Yassaviya tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo'lgan «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta'limotidagi poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, o'z qo'l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechi- rish, Alloh taolo visoliga yetishish yo'lida insonni ham botinan, ham zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg'or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.
Yassaviy mol-dunyo to'plashga mutlaqo qiziqmagan, kambag'alparvar va g'aribparvar bo'lgan.
Yassaviy zamonining ezilgan yo'qsil toifasini «g'arib», «yetim», «faqir» deb ataydi. O'zini ularning homiysi deb biladi. Bu fikrni uning quyidagi she'rlari ham isbotlaydi:

Yatimlar bu jahonda xor ekandur,
G'ariblarning ishi dushvor ekandur.
G'ariblarning ishi doim so'lukdur,
Tirik ermas, yatim misli o'likdur.

G'ariblarni ko'rgan yerda og'ritmangiz,
Yatimlarga achchig'lanib so'z qotmangiz,
Zaif ko'rib g'ariblarga tosh otmangiz,
Bu dunyoda g'ariblikdek balo bo'lmas.
Yassaviy o'z asarlarida mol-dunyoga, boylikka va davlat ort- tirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni beayov tanqid qilgan.
Yassaviy ta'limotida insonning o'zligini bilib olishi barcha masalalardan ustun qo'yiladi. Buning boisi shundaki, Yassaviy ta'biricha, o'zini bilsa erdi Haqni biladi, Xudodan qo'rqadi-yu, insofga keladi. Lekin Haqqa yetishish oson emas, uning o'ziga xos qiyinchiliklari, sir-asrori mavjud.
Yassaviy tanlagan yo'l o'ziga xosdir. Bu o'ziga xoslik yo'li — insonning o'z gunohlarini, axloqiy nuqson va qusurlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, tamagirlik, boriga qanoat qilmaslik kabi illatlarni ayovsiz ochib tashlash va ulardan xalos bo'lish kurashi-dir. Bu yo'l Yassaviy fikricha, yagona to'g'ri yo'l bo'lib, u aslida Xudo yo'lidir.
Har bir kishi o'zining haqiqiy axloqiy kamolotida, komil inson bo'lib yetishishi jarayonida «shayton vasvasasi»dan qutu- lish uchun o'z jonini ham, mol-mulkini ham ayamasligi lozim.
Yassaviy ta'limotida dunyodan butunlay yuz o'girilmaydi. Aksincha, nodonlik, jaholat, badnafslik, mol-u dunyoga hirs qo'yish kabi illatlarva ularni shakllantiradigan omillar qoralanadi hamda insonlarning ulardan uzoqlashishiga da'vat etiladi.
Najmiddin Kubro va kubroviya tariqati. Markaziy Osiyoda tasavvuf ta'limotining rivojlanishida xorazmlik buyuk ilohiyotchi olim, shoir va vatanparvar, mutafakkir Shayx Najmiddin Kubro (Ahmad ibn Umar Abul Jannob Najmiddin al-Xevaqiy al-Xorazmiy) alohida o'rin egallaydi.
U U45-yilda Xiva shahrida tug'ilgan. Valiylik darajasiga enshga n Ahmad ibn Umarga zamondoshlari «Najmiddin», <<Kubro», «Abduljannob», «Valiytarosh» kabi unvonlarni munosib ko'rishgan. Ahmad ibn Umar islom asoslari va shariat ilmlarin" juda tez o'zlashtirib olib, Xorazmning manman dega ulamolaridan o'zib ketadi. Shu tufayli u «Tommatul kubro» ya'ni ulamolarning yetugi, ulug'vori degan laqabni oladi. Bunine yoniga «Najmiddin» — dinning yulduzi degan martaba-unvon qo'shilib, u shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo'lib ketadi.
O'z ilmidan qoniqmagan Kubro ilm olish maqsadida dastlab Misrga boradi, misrlik donishmand Ro'zbexon Vazzon al-Misriy qo'lida ta'lim oladi. Ustoz Ro'zbexon o'z shogirdining bilimi va qobiliyatiga tan berib, uni o'ziga kuyovlikka munosib ko'radi. Kubro Eronda ham bilim olishni davom ettiradi.
Kubro 1185- yilda oilasi bilan Xorazmga qaytib keladi va u yerda o'z tariqatini targ'ib etadi.
Kubro buyuk vatanparvar inson ham edi. U 1221- yilda Xorazmga hujum qilgan Chingizxon qo'shinlariga qarshi jangda shahid bo'ladi.
Kubroviya tariqati o'zidan oldingi tasawuf ta'limotlaridan inson muammosiga ko'proq e'tiborni qaratishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, Shayx Kubro tasavvufda «keng fe'llik» yo'lini tutgan. Shuning uchun ham ul zotning xonaqosida sunniy maz-habli shogirdlar bilan birga, shia mazhabli shogirdlar ham ta'lim olishgan. Bu bilan Kubro tasawufni mazhablarayirmachiligidan ustun qo'ygan. Tasawuf ahli uchun parvardigor ishqi, diydori hamma narsadan ustun. Sufiy ilohiyot olamiga ruhan qo'shilish uchun yashaydi va o'zligini barbod qilib, yor (Alloh) vasliga, rizosiga erishadi.
Kubro tariqatining o'ziga xos jihatlari ul zotning dunyoqara- shida ham, amaliy ishlarida ham ko'zga tashlanadi. Kubro haqiqat sir-asroriga yetishish maqsadida o'z tasawuf maktabini, ya'ni tariqatini yaratdi. Uning aqidasiga ko'ra, inson «olami sug'ro», ya'ni kichik olam bo'lib, unda «olami kubro»ning, ya'ni katta olamning barcha xususiyatlari mujassamdir. U aytadiki, kamolotga erishishi uchun inson ma'lum riyozatli yo'llarni o'tishi zarur. Buning uchun har bir kishi quyidagi 10 asosga tayanmog'i kerak:

  1. TAVBA — barcha amallarning ibtidosi. O'z gunohlarini anglab, Alloh taolo oldida tavba qilgan va bundan keyingi hayotini faqat ilohiy ezgulik va xayrga bag'ishlashga ahd qilgan odamgina tariqatga kira oladi.

  2. ZUHDbu taqvo, parhez demakdir. Zero, tavba qilgan kishi endi haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutishi, Alloh- dan qo'rqib, U man etgan ishlarni qilmasligi lozim.


    1. Download 489.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling