Dunyo dinlari tarixi


Farz — nihoyatda majburiy hisoblangan xatti-harakatlardir. Vojib


Download 489.19 Kb.
bet68/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
дин

Farz — nihoyatda majburiy hisoblangan xatti-harakatlardir.
Vojib — farzdan keyin turadigan zarur amallar.
Sunnat — bajarilishi lozim va savobli amallar.
Mandub esa majburiy emas, lekin ma'qul, savobli deb hisob- lanadigan xatti-harakatlar.
Yana ikkita me'yor borkim, ular taqiqlangan sohalarni o'z ichiga oladi.
Bular — harom. ya'ni qat'iy ravishda taqiqlangan xatti-ha­rakatlar va makruh, ya'ni taqiqlanmagan, lekin ma'qul ko' ri1maydigan xatti - harakatlar.
So'nggi — yettinchi me'yor muboh deb ataladi. Muboh — bu taqiqlanmagan, ma'qullanmagan xatti-harakatlardir.
Shariat mazhablari. Shariat mazhablari deyilganda shariat qonunlarini ishlab chiqish va uni amalda qo'llash yo'llari tushuniladi. Shu nuqtayi nazarga ko'ra, musulmon olamida shariatni qo'llashning 4 yo'li bir-biridan farq- lanadi. Islomning sunniylik yo'nalishida to'rtta mazhab mavjuddir. Bular — hanafiya, molikiya, shofi'iya va hanbaliya mazhab- laridir. Shialikda esa ismoiliya, qarmatiya, ravofiziya, zaydiya — ja'fariya mazhablari mavjud.
Xo'sh, nima uchun islom dini yagona-yu, uning qonunlarini qo'llash yo'li yagona emas?
Buning sababi Arab xalifaligining hududi nihoyatda ulkart bo'lganligi va ularda turli xalqlar yashaganligi bilan izohlanadi. Shariat qonunlarini qo'llashda bunday ulkan hududda yashayotgan
rli xalqlarda ming yillar davomida shakllangan turmush tarzi, 1 rf-odatlarini hisobga olmaslik mumkin emas edi. Binobarin, •mperiyaning barcha qismida bir masala xususida bir xil hukm chiqarilishining imkoni yo'q edi.
Buni hisobga olgan o'sha davrning ulkan imomlari (huquq- shunos allomalari) shariat qonunlarini ishlab chiqish va qo'llash vo'Uarini (mazhablarni) yaratganlar. Buyuk imomlar — Abu Hanifa (699-767), Molik ibn Anas (713-795), Ash-Shofi'iy (767-820) va Ibn Hanbal (780—855) lar edi. Imomlar Qur'on va Sunnatni kishilarga osonlik bilan tushuntirib berganlar. Ularga amal qilish yo'llarini o'ziga xos usulda bayon etganlar. Bu aziz imomlarning islom shariati sohasida qilgan buyuk ishlari ahamiyatiga ulamolar shunday baho berishgan: «Bu dunyodan yaxshi yashab, yaxshi o'tish xuddi tog'ning cho'qqisiga eson-omon chiqishga o'xshaydi. Qur'on va Sunnat o'sha cho'qqiga chiqishni ko'rsatadigan xarita va qo'llanma. Mazhab imomlari esa ushbulardan foydalanib, cho'qqiga chiqishning eng oson va bexatar yo'llarini topib, belgi qo'yib, osonlashtirib qo'ygan kishilardir».
Mazhablarning hech qaysisi islomning biror-birqoidasini inkor etmaydilar. Ayni paytda, ular bir-birlarini inkor ham etmaydilar. Ular o'rtasidagi asosiy farq faqat afzal va joiz degan nisbatdadir. Shunga qarab, ular shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqaradilar.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling