Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet64/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Bog'liq
дин

Namoz (ibodat) kuniga 5 mahal o'qiladi. Kunda 5 mahal o'qiladigan namoz — Qur'ondan oyatlar o'qish, Allohning sha'niga hamdu sanolar aytish va boshqa talablar qo'shib bajo keltiriladigan ibodat kishida doimo diniy kayfiyatni saqlashning eng muhim vositalaridan biridir.

Namoz o'zini musulmonman, deb hisoblaydigan har birbanda (agarda uning aqli raso, balog'at yoshiga yetgan va sihat-salomatligi joyida bo'lgan)ga buyurilgan. Namozlar farz, vojib, sunnat va nafl namozlariga bo'linadi.

  1. Ro'za — erta tongdan to kun botishiga qadar yemoq va ichmoqdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlik demakdir. Ro'za — har bir musulmonning o'zi tutib berishi shart bo'lgan farz ibodatdir. U payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom Madina shahriga hijrat qilganlarining ikkinchi yili farz qilingan, deyiladi diniy kitoblarda.

Ro'za tutish tong otayotgandan boshlab to quyosh botgunga qadar davom etadi. Islom dinida bo'lgan, aqli hushi joyida, hayz- nifosdan qutulgan, ro'za tutishga qodir, sog'-salomat bo'lgan va uyida muqim yashayotganlar Ramazon oyining boshidan- oxirigacha ro'zador bo'ladilar. Ro'za tutishga niyat qilish shart. Niyat qilishning makoni qalbdir. Ramazon boshida, shu oyda to'la ro'za tutib beraman, deb bir marta niyat qilinsa, oy oxirigacha yetadi. Yoki har kuni saharlikdan so'ng, ertaga ro'za tutaman, deb niyat qilish ham joizdir. Kasalmandlik, musofirchilik, qarilik kabilar ro'za tutmaslikning uzrli sabablari deb, belgilangan.
Ma'lumki, Ramazon oyi oxirida fitr sadaqasi (fitr ro'za) beri- ladi. Fitr sadaqasi — o'ziga to'q musulmonlarning muhtoj va hojatmandlar uchun Ramazon oyida beradigan xayr-u ehson- laridir.
4.Zakot — badavlat musulmonlarning boyliklari ichidagi faqir-u miskinlarga berilishi shart bo'lgan Allohning haqqidir, deb ta'rif beriladi islomda. Qur'oni karimning oyatlarida u namoz bilan yonma-yon zikr etilgan. Islom ta'limotiga ko'ra, xayru ehson 2 xil — ixtiyoriy va majburiy bo'ladi. Zakot — berilishi shart bo'lgan majburiy xayru ehson (sadaqa) qatoriga kiradi. Zakot sadaqa bo'lib qolmasdan, ayni paytda u ibodat hamdir. Zakot — faqirlarga, miskinlarga, zakot yig'uvchilarga, dinga jalb qilish uchun xayrli ish qiluvchilarga, qullarni, asirlarni ozod qilishga, xayrli ish qilaman, deb qarz bo'lib qolgan kishilarning qarzini uzishga, musofirlarga, Alloh yo'liga (masjid- madrasa barpo qilish,qurulish ishlari, yetimxonalarga|) sarflanadi.
Zakot o'zga dindagi kishilarga, badavlat odamlarga, ota- ona, buva-buvi, o'g'il-qiz, nabira, jufti haloli bo'lgan xotiniga, Muhammad payg'ambar (s. a.v.)ning Hoshim va Mutallibdan tarqalgan avlodlariga berilmaydi. G'ayridin bo'lgan faqiru bechoralarga zakotdan emas, ixtiyoriy sadaqadan berilishi mumkin.

  1. Haj — deyiladi diniy kitoblarda, — shunday bir ulug' ibodatkim, uning sir-asrorlarini, hikmat-u donishlarini qalbi pok va iymoni baquvvat kimsalargina his qila oladilar. Haj — bu, ham jismoniy, ham ma'naviy, ham moddiy bir ibodatdir.

Haj — bu Ka'batullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tepaliklari orasida yugurmoq, Arafot tog'ida bo'lmoq va zarur marosimlarni ado qilmoq uchun umrda bir marotaba Makka shahriga ziyoratga bormoqlik demakdir. Manbalarda haj Hijratning yo oltinchi yoki to'qqizinchi yilida farz bo'lgan, deyiladi. Hajning shartlari quyidagilardan iborat:
1. Islom dinida bo'lishlik.

    1. Balog'atga yetgan bo'lishlik.

    2. Oqil bo'lmoqlik.

    3. Ozod bo'lmoqlik.

    4. Qodir bo'lmoqlik (jismonan sog'lom bo'lish, qarilik tufayli zaif boimaslik, yo'lning tinch va osoyishta bo'lishi, xarajatlari ham o'ziga, qaytib kelguniga qadar oila a'zolariga yetishi).

    5. Ayol kishining hajga o'z eri yoki biror mahram bilan birga borishi (otasi, aka-ukalari, tog'alari, amakilari, qaynatasi, qaynag'asi).

Islomning 5 ta asosiy ustuni (rukni)ning boshqa marosimlardan ajratilishiga sabab shuki, bularga Muhammad (s a v ) faoliyatining boshlang'ich davridayoq muhim ahamiyat berilgan edi.
Bu 5 ta asosiy marosimlardan tashqari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlar ham mavjud.
Islom bayramlari.Boshqa dinlarda bo'Iganidek, islomda ham diniy bayramlar mavjud. Bularning asosiylari — Iyd al-fitr va Iyd al-adhadir.
Ramazon islom olamida muborak oylardan sanaladi. Bu borada Qur'oni karimda shunday deyilgan: «Ey, mo'minlar, taqvoli bo'lishlaringiz uchun sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi, sanoqli kunlarda. Bas, sizlardan kimki bemor bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo'lganidan ortiq fidya bersa), o'ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro'za tutishingiz (fidya berib tutmaga- ningizdan) yaxshiroqdir. Ramazon oyi — odamlar uchun hidoyat (manbayi) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir». («Baqara» surasi, 183—185-oyatlar).
Ramazon hayiti hijriy oylarning o'ninchisi hisoblanmish shavval oyining birinchi kuni nishonlanadi. Buning boisi, rama­zon oyida 30 kun ro'za tutgan musulmonlar zimmalariga yuklatilgan farz amalini sog'-salomat ado etib tugatganlari munosabati bilan xursandchilik izhor etish demakdir. Bu kuni hayit namozi o'qiladi. Namozlarni ado etib bo'lgandan so'ng, kishilar o'zaro ko'rishib, bir-birlarini hayit bayrami bilan muborakbod etadilar.
Iyd al-adha kunida qurbonlik qilinadi. Qurbonlik — bu Allohga yaqinlik hosil qilish uchun uning yo'lida qurbon hayiti kunlari biror jondor so'yishdir. Bu qurbonlik Allohning yo'liga bag'ishlanadi. «Bu nomning atalish sababi Ibrohim alayhissa- lomning Alloh sinovi amri bilan o'z o'g'illari Ismoilni qurbonlik qilishga kirishgan paytda, Tangri bir qo'chqor yuborib, o'gii o'rniga uni qurbonlik qilishga buyurgan», — deyiladi diniy kitoblarda. Bu haqda Qur'onda ham aniq xabarlar berilgan. Shu bois, hajga borganlar, boy-badavlat musulmonlar zimmasiga Qurbon hayiti kunlari jonliq so'yib qurbonlik qilishlari vojib Qilingan. Qurbonlik go'shtidan o'zi, oila a'zolari, qarindosh va qo'shnilarga lahm berish lozimligi belgilangan. Bu bayramlar xursandchilik, tinch-totuvlik, shukronayi ne'mat bilan o'tkazilishga buyurilgan. Bu ulug' kunlarda qarindoshlar, yor-u birodarlar bir-birlarini ziyorat qilishib, tabriklashib hol-ahvoi so'rashlari lozim. Islomda, shuningdek, Mavlud (Muhammad s.a.v.ning tug'i|gan kuni) bayrami ham mavjud.



Iyd al-fitr — Ramazon hayiti.

Iyd al-adha — Qurbon hayiti.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR




      1. Islom ta'limotida imonni tashkil etuvchi 7 aqidani sanab bering va ularni daftaringizga qayd eting.

      2. 7 aqidaning mazmunini so'zlab bering.

      3. Ulamolarning Qur'onning nozil bo'lishi haqidagi fikrlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

      4. Qur'on haqidagi fikrlarni Bibliya haqidagi fikrlar bilan taqqoslang va so'ng ularning o'xshash va farqlari haqida o'z fikringizni ayting.

      5. Islom marosimlari haqida so'zlab bering.

      6. Islom bayramlari haqida nimalarni bilib oldingiz?



Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling