Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet62/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
дин

2.Farishtalar — Alloh taoloning nihoyatda itoatli hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko'ziga ko'rinmaydigan bandalaridir. Ular doimo Alloh taoloning buyurgan ishlarini bajaradilar, uning buyrug'idan aslo chiqmaydilar. Ularda erlik, xotinlik, yeyish-ichish, uxlash kabi xususiyatlar yo'q. Farishtalarning mashhurlari — Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroillardir. Ular o'zlari xohlasalargina insonlar ko'ziga har xil suratda ko'rinishlari mumkin.

    1. Payg'ambarlar — Alloh taolo tarafidan bandalariga din hukmlarini o'rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to'g'ri va itoatli bandadirlar. Ular Alloh taolo amridan chiqmaydilar, gunoh qilmaydilar. Ular odam bolalaridan chiqadilar. Payg'ambarlar Alloh taolo tarafidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga yetkazadilar, bandalarni haq dinga va yaxshi ishlarga va'z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur'onda 28 payg'ambarning ismlari zikr etilgan. Payg'ambarlar 2 xilga bo'linadilar: a) rasullar; b) nabiylar.

Alloh taolo tarafidan o'zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg'ambarlar rasul deb ataladilar.
O'zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg'ambarlar esa nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo'lolmaydilar, rasullarning har biri, ayni paytda, nabiy ham hisoblanadilar. Barcha payg'ambarlardan 8 nafariga alohida kitob va shariat berilgan (Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Isova Muhammadga). Payg'ambarlarning oxiri va barchadan afzali Muhammad alayhissalomdir, undan keyin boshqa payg'ambar kelmaydi.

    1. Muqaddas kitoblar (Alloh taoloning kitoblari) — bu har zamonning o'ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, o'sha zamonning payg'ambarlariga yuborilgan vahiylar Alloh taoloning kitoblari, ya'ni muqaddas kitoblardir. Alloh taolo payg'ambarlarga 100 sahifa va 4 kitob yuborgan. 100 sahifa Odam, Shis, Idris, Ibrohimga, 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborilgan.

Qur'on Alloh taolo tomonidan o'z payg'ambari Muhammad (s.a.v.)ga tushirilgan vahiydir, ya'ni Allohning o'z payg'ambariga yuborgan ko'rsatmalaridir va samoviy kitoblarning oxirgisidir. Vahiy — farishtalar orqali yuborilishi yoki bevosita Alloh bilan gaplashish vositasida bo'lishi mumkin. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga vahiy quyidagicha amalga oshgan:

  1. Birinchi vahiy tush orqali namoyon bo'lgan (o'sha tush o'ngidan kelgan);

  2. farishtalar o'zi ko'rinmay turib payg'ambar qalblariga ke- rakli narsani yetkazgan;

  3. vahiy qo'ng'iroq ovozidek jaranglab quloqlariga chalingan;

  4. Jabroil farishta payg'ambarga odam shaklida ko'ringan;

  5. farishta o'zining asl qiyofasida ko'ringan va vahiy yetkazgan;

  6. Allohning o'zi payg'ambarga me'roj kechasida namozni farz qilish va shunga o'xshash ba'zi narsalarni bevosita vahiy qilgan.

Dastlabki vahiy Muhammad (s.a.v.) Hiro g'orida yolg'iz ibodat qilayotganida yuborilgan. Shu kuni «Alaq» surasining ayrim oyatlari nozil bo'la boshlagan. Qur'onning nozil bo'lishi 23 yil davom etgan. Goho bir oyat, ayrim hollarda o'ntagacha oyat ketma-ket vahiy orqali nozil bo'lgan. Buning sababi shundaki, Qur'on oyatlari kishilar ongiga yaxshiroq singishi va qalblarga jo bo'lishi nazarda tutilgan, qolaversa, atrof-muhit voqealari, shart- sharoit hisobga olingan. Agar Qur'on oyatlari tarqoq holda emas, birato'la tushgan taqdirda, kishilarda «biz bunchalik ko'p yo'l- yo'riqlarni bajara olmaymiz», degan bahona tug'ilishi mumkin edi. Qur'onning nozil bo'lish tartibi odamlarni ana shunday malollikdan xalos etgan.
Qur'onning tarqoq tushishida hikmat ko'p. Chunonchi, har qanday xalq ajdodlaridan o'tib kelgan va o'zi yashayotgan tartibotlar, urf-odatlar va rasm-rusumlardan birdaniga voz kecha olmaydi. Bu asta-sekinlik bilan sodir bo'ladigan jarayondir.
Oyatlarning tarqoq tushishidagi yana bir hikmat shulkim — uni yod oluvchilarga mushkillik tug'dirmasin.
Qur'on tushishidan oldin, xususan, Qur'on tushayotgan payt­da arablarda so'z san'ati — adabiyot (she'riyat), va'zxonlik benihoya oliy darajada edi. Ular yil mobaynida bir necha sayil va marosimlar tashkil etishar edi. Xususan, Ukoz degan joyda nufuzli hay'at a'zolari hakamligida she'rxonlik va va'zxonlik bobida katta-katta musobaqalar o'tkazilardi.
Arablarning shu qadar so'z san'atini ulug'lashining, mahoratlari darajasi ulkanligining ikki sababi bor edi:
Birinchisi — odatda sahro hayoti kishilarni xayolchanlikka undaydi, voqelikni shoirona idrok etish esa xayolchanlik mevasidir. Arablar shunday sharoitda yashaganlar.
Ikkinchisi — ayni chog'da ular qabila-qabila bo'lib yashaganlar. Bu tarzda hayot kechirish o'zaro urush, ziddiyat, tortishuvlarsiz bo'lishi mumkin emasligi tabiiy hoi edi. Bunday sharoitda har bir qabila qo'shni qabilaga nisbatan o'z qadr-qimmatini saqlashga, o'z faxr-iftixorini ko'z-ko'z qilishga intilgan. Bunday ustunlikning yagona yo'li — so'zga chechanlik, shoirlik edi. So'z san'ati sohiblari nihoyatda qadrlangan.
Qur'onning sehrli so'zlari ana shunday tarzda yashayotgan xalq huzuriga tushishga ravo ko'rildi. Mana, Qur'on yaralgandan buyon necha asrlar ortda qoldi, bu foniy dunyodan ne-ne ulamo- yu fuzalolar, shoir-u davronlar yashab o'tmadi, lekin bironta inson farzandi Qur'on so'zlarining ohorini to'kadigan so'z ijod qila olmadi?!
Oxirat — bu, dunyoda Alloh taoloning o'zidan va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan kundir. Uning qachon boiishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. O'lgan bandalargo'rga qo'yilganlaridan so'ng, go'rlariga Munkar va Nakir ismli ikki farishta kirib, ularni so'roq qiladilar. Savollarga javob berganlaryaxshilardan hisoblanib, qiyomatgacha rohatda bo'ladilar. O'lgan bandalar Alloh taoloning qudrati bilan tiriladilar, so'ngra Alloh taoloning tayin qilgan yeriga borib yig'iladilar. Yig'iladigan joyning nomi «Mahshar yeri», kun esa «Qiyomat kuni» deb ataladi.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling