Dunyo dinlari tarixi


-29-& HADISLAR, ULARNING TO'PLANISHI VA TARTIBGA SOLINISHI. HADISLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI


Download 489.19 Kb.
bet65/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Bog'liq
дин

28-29-& HADISLAR, ULARNING TO'PLANISHI VA TARTIBGA SOLINISHI. HADISLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI.

Hadis haqida.Hadis musulmonlarda Qur'ondan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi.
Hadislar VII—VIII asrlardan boshlab to'plana bordi. Hadisshunoslik savob ish hisoblanib, hadislarni to'plash mustaqil fanga aylandi.
Bu ishda ixtisoslashgan ilohiyot olimlari esa muhaddislar deb ataldilar. Hadislarning mazmuni. Hadislarning aksariyati huquqiy va axloqiy me'yorlarni, marosimlar va urf-odatlarga oid ko'rsatmalarni aks ettirgan. Shuning bilan bir qatorda Muhammad Rasululloh tarjimayi holini, xalifalar, sahobalar faoliyatini bayon etgan hadislar ham mavjud.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, hadislarda arab xalifaligidagi sinfiy ziddiyatlar, islom ilohiyoti, shariat talqini ifodalanib, turli sinflar va ijtimoiy guruhlar manfaati o'z ifodasini topganligi sababli,
Bir-biriga zid fikrlar yuzaga kelib qolgan. Endi, davrlar o`tishi bilan hadislar tanlanib, tartibga solina boshlangan. Natijada, olomda «Sahih», ya'ni «Ishonarli to'plam» va «G'ayri Sahih», ya'ni «Ishcjharsiz to'plam» hadislari vujudga kelgan.
  1. YODDA TUTING:


Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan hadislar «Ishonarli» deb e'tirof etilgan.
Hadisni yetkazgan kishilar o'rtasida qandaydir uzilish ro'y bergan bo'lsa, bu hadislar «Yaxshi» (Hasan), agar hadisni yetkazganlar orasiga hurmatga va ishonchga loyiq bo'lmagan odamlar kirib qolgan bo'lsa, bunday hadislar «lshonchsiz» deb hisoblangan. Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida ushbu hadisni yetkazgan kishilarning nomlari (bunda Muhammad (s.a.v)ning hikmatli so'zlarini shaxsan eshitgan odamlarning nomigacha sanab ko'rsatilgan), ikkinchi qismida esa, hadisning mazmuni keltirilgan.
Ishonarli hadislarning 6 ta to'plami vujudga kelgan. Bulardan ayniqsa — «Sahihi Buxoriy» eng ko'p darajada e'zozlanadi. Yurtdoshimiz Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870- yillar) 600 mingdan ziyod hadis to'plagari^va uning 7275 tasini «Ishonarli» deb topgan. Bu to'plam hozirda 4 jildda o'zbek tilida nashr etilgan.Shialarda hadislarni to'plash o'ziga xos xususiyati bilan ajra- lib turadi. Ularning to'plamlari «Axbor» (xabarlar) deb ataladi. Ular o'zlarining imomlarinigina va avval boshdan Alini hamda uning avlodlarini qo'llab-quvvatlagan arboblarni nufuzli hisoblaydilar. Aliga va uning avlodlariga qarshi kutashgan shaxslardan eshitgan hadislarni inkor etadilar.Muhammad al-Qumiy va Muhammad al-Qulayniy tomonidan (X asr) tuzilgan hadislar to'plami shialar uchun eng obro'Ii to'plamlar bo'lib hisoblanadi.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling