Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet63/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Bog'liq
дин

Qiyomat kuni — bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshilik va yomonliklari ma'lum bo'ladigan, yaxshi bandalar uchun sevinch, yomonlar uchun qo'rqinchli kundir. Yaxshiliklari ma'lum bo'lgan bandalar xursandlik ila «sirot» ko'prigidan o'tib, jannatga, yomonlar esa bu ko'prikdan o'ta olmay do'zaxga kiradilar.

TaqdirAlloh taolo tomo­nidan bo'lgan va bo'ladigan yaxshi, yomon ishlarning qaysi zamonda, qaysi joyda, qay ra- vishda bo'lmog'ini hamda o'z ilmi azaliysi bilan bo'lmasdan turib oldindan belgilab qo'yilishidir.



Sirot ko'prigi — Mahshar yeri bilan jannat orasida do'zax ustiga qurilgan, qilichdan o'tkir, qildan ingichka va nihoyatda uzun ko'prikdir.
Islom ta'limotidagi bu asosiy 7 aqidaning Alloh taolo va Muhammad (s.a.v.)ga ishonish qismi islomda imon (iymon) deb ham ataladi, ya'ni Allohdan o'zga iloh yo'q, Muhammad uning bandasi va rasuli (payg'ambari), deb shohidlik berishi tushuniladi. Barcha 7 aqida to'laligicha imoni (iymoni) mufassal deb ataladi.
Islom marosimlari. Islom ta'limotida «Islom arkonlari» degan tushuncha ham mavjud. Bu tushuncha 5 ta asosiy narsani (islom ustunini) — diniy marosim talablarini o'z ichiga oladi. Bular: 1) Kalimayi shahodat; 2) Namoz o'qish; 3) Ro'za tutish; 4) Zakot berish; 5) Haj qilish.
1. Kalimayi shahodat — Allohdan o'zga iloh yo'qligiga va Muhammad (s.a.v.) uning bandasi va payg'ambari (rasuli) ekanligiga shohidlik beraman, demoqlikdir. U arab tilida shunday deyiladi: «Ashhadu an lo iloha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh».
Har bir musulmon va islom dinini qabul qilayotgan har bir shaxs «kalimayi shahodat»ni hamda «kalimayi toyyiba»ni (ya'ni Allolidan o'zga iloh yo'q, Muhammad (s.a.v.) uning payg'ambari deb til bilan iqror bo'lmoqlik va dil bilan tasdiqlamoqlik) yoddan bilishi, ularning ma'nolaridan xabardor bo'lishi lozim de-yiladi,
diniy ta'limotda.


  1. Download 489.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling