Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet67/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Bog'liq
дин

Hadis (hikoya, xabar) — Muhammad (s.a.v.)ning aytgan so'zlari, qilgan ishlari, ko'rsatmalaridir.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR




    1. Hadis nima va nega hadislarni to'plash zaruriyatga aylangan?

    2. Buyuk hadisshunos alloma Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati haqida so'zlab bering.

    3. Imom at-Termiziy hayoti va faoliyati haqida so'zlab bering.

    4. Hadislarning mazmunidan Siz qanday xulosa chiqardingiz?

    5. Al-Buxoriy va at-Termiziy hadislarning to'g'riligini aniqlashda qo'llagan usullarini taqqoslang.



30-& ISLOM SHARIATI.

Shariat nima? Shariat — islomning diniy huquqi, ya'ni barcha musulmonlar uchun amal qilish va bajarishi majbur bo'lgan qonunlar, huquqiy-axloqiy ko'rsatmalar majmuasi.


Shariat diniy marosimlarni qanday bajarish talablaridan tashqari dunyoviy va huquqiy hayot masalalarini qanday hal etish yo'llarini ham ko'rsatib beradi.
Chunonchi, shariat dunyoviy huquqiy hayotning barcha masalalarini — mulk, mulkchilik, vorislik, meros, qarz, jarima, garov, oila va nikoh masalalari, jamiyat a'zolarining yurish-turish me'yori, jinoyat va unga beri- ladigan jazo me'yorlarini belgilab bergan.
Shariat 1400 yildan ortiq vaqt davomida islom davlatlarida jamiyatning diniy hayotini tartibga solib keldi va hozir ham tartibga solib kelmoqda.Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, fuqarolarining barchasi yoki ko'pchilik qismi islom diniga e'tiqod qiluvchi davlatlarning bir qismi bugungi kunda dunyoviy davlatlardir. Binobarin, ularda jamiyat hayoti shariat qonunlari bilan emas, dunyoviy qonunlar bilan tartibga solinadi.
O'zbekiston Respublikasining ham dunyoviy davlat ekanligini avvalgi darslarda bilib olgan edingiz. Binobarin, O'zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti shariat qonunlari bil ;n emas, dunyoviy qonunlar bilan tartibga solinadi. Biroq bu — uholisini musulmonlar yoki aksariyat musulmonlar tashkil etuvchi davlatlarda jamiyat hayotida shariat mutlaqo amal qilmaydi, degani emas.
Bunday davlatlarning musulmon fuqarolari islom marosimlarini bajarishda shariat talablariga amal qiladilar.
Shariat manbalari. Musulmon huquqshunosligida Qur'on Sunnat, Ijmo', Qiyos shariat manbalari hisoblanadi. Ijmo' — Qur'on va Hadisda aniq ko'rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqih va mujtahidlarning to'planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi, ya'ni fatvo berishidir.
Qiyos esa — Qur'on, Sunnat va Ijmo'da biror huquqiy masa- laga aniq javob topilmaganida, uni shunga o'xshash masalaga taqqoslash yo'li bilan hukm chiqarishdir.
Shariatni yaratish jarayonida asosiy me'yorlar belgilab qo'yilganki, u yoki bu xatti-harakatlar ana shu me'yorlarga to'g'ri keladi. Bunday me'yorlar — 7 ta. Ular:

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling