Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet82/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
дин

Dunyo dinlari tarixi


Bularning hammasi «Musulmonlar birodarligi» tashkilotiga juda qo'l kelgan. Ular, haqiqiy islom jamiyatini tiklash orqali bunday inqirozdan chiqish mumkin, deb tashviqot ishlarini avj oldirganlar. Natijada, bu tashkilot tarafdorlari ko'payib borgan.Prezident Anvar Sadat «dinda siyosat, siyosatda din bo'lmaydi», deb e'lon qilishga majbur bo'lgan. Buning uchun tashkilot Anvar Sadatni o'limga hukm qilgan va 1981-yilda uning joniga suiqasd uyushtirgan. Suiqasd natijasida Anvar Sadat otib o'ldirilgan.Misrning yangi Prezidenti Husni Muborak hukumati «Musulmonlar birodarligi» tashkilotiga nisbatan murosasizlik yo'lini tutib kelmoqda.Bu tashkilot Misrda hokimiyatni egallay olmagan bo'lsa-da, hamon mamlakatda siyosiy barqarorlikka tahdid soluvchi kuchlardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda.
4. Ekstremistik tashkilotlarning boshqa davlatlardagi faoliyati.
I960- yilda Jazoirda «Islom birodarlari» harakati vujudga keldi va o'z tashkilotini tuzdi. Yillar o'tishi bilan bu tashkilot mamlakatda katta ta'sirga ega bo'la bordi. Bunga — hukumatning ichki siyosatida yo'l qo'ygan xatolari tufayli jamiyatda ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi sabab bo'Idi.
Vaziyatdan foydalangan «Islom birodarlari» tashkiloti mamlakat hayotining barcha sohalarini shariat asosida qayta qurishni talab eta boshladilar.
Ish shu darajaga borib yetdiki, bu tashkilot 1982-1983- yillarda mamlakat Konstitutsiyasiga qarshi bayonot berdilar. Keyinchalik. ular hatto parlament saylovlarida g'olib chiqdilar. Biroq harbiylar «Islom birodarlari»ning hokimiyatni egallashi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinjigini hisobga olib, bu tashkilotni hokimiyat tepasiga kelishiga yo'l qo'ymadilar. Ayni paytda, ular hokimiyatni o'z qo'llariga oldilar.Harbiylar hukumati «Islom birodarlari» tashkilotining faoliyatini taqiqladi. Tashkilot bunga javoban kurashning terrorchilik yo'liga o'tdi. Natijada 100 mingga yaqin kishining qoni to'kildi.Qo'shni Tojikiston Respublikasi milliy tiklanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda Tojikistonda vujudga kelgan «Islom uyg'onish partiyasi» hokimiyatni egallashga bel bog'ladi.Jahon islom aqidaparastlari esa Tojikistonning alohida geosiyosiy holatini hisobga olib, bu Respublikani o'z aqidalarini butun O'rta Osiyoga yoyisli uchun tayanch nuqtasiga aylantirishga jon-jahdi bilan urindilar.Tojikiston «Islom uyg'onish partiyasi» qanchalik urinmasin, parlament va prezidentlik saylovlarida g'alaba qozona olmadi. Ular 70 yildan ko'proq davr mobaynida (Sho'rolar davrida) kishilar diniy ongida katta o'zgarishlar sodir bo'lganligi faktini to'la hisobga olmagan edilar.Ham parlament, ham prezidentlik saylovlarida mag'lubiyatga uchragan «Islom uyg'onish partiyasi» va Qoziyot zo'ravonlik bilan hokimiyatni egallash yo'liga o'tdilar. Ular islom shariati tartiblarini o'rnatishdek behuda istaklari yo'lida o'n minglab begunoh yurtdoshlarini fuqarolar urushi domiga duchor qildilar. Ular shunday qabih ishlarga qo'l urdilarki, hatto o'zlariga ergashmagan vatandoshlari bo'lgan mo'min-musulmonlarga nisbatan kofir, ya'ni din xoinlari degan tahqirli yorliqni osa boshladilar. Ularning bu qilmishlari Qur'oni karim qoidalariga mutlaqo zid edi. Bundan tashqari, ular o'z yo'llariga kirmagan musulmonlarga janoza o'qimaslikdek shakkokona yo'l tutdilar.


Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling