Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet79/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
дин

Yoshlarga da'vat.Xalqaroterrorizmningo'zsafiga hayotiy tajribasi kam, mafkuraviy e'tiqodi g'o'r yoshlarni ko'proq jalb etayotganligi bor haqiqatdir. Xo'sh, qanday qilib yoshlar jamiyatimiz uchun yot bo'lgan aqidaparastlik oqimlari ta'siriga tushib, jinoyat ko'chasiga kirib qoldilar?
Yurtboshimiz I. A. Karimov bu savolga quyidagicha javob bergan edilar: «Bizning targ'ibot-tashviqot ishlarimiz tor doiralarda qolib ketyapti, hayotning keng qatlamlariga kirib borolmayapti, tajribasiz, g'o'r, bilimi, dunyoqarashi cheklangan ayrim yoshlar- ning ongiga yetib bormayapti. Natijada ular bizga yot bo'lgan tashqi ta'sirlarga, buzg'unchi g'oyalarga ko'r-ko'rona berilib, hatto o'z ota-onasiga, xalqi va Vataniga qo'l ko'taruvchi yovuz qotillarga aylanmoqda».
Aqidaparastlikka hozirgi paytda o'tgan xatolardan xulosalar chiqarilgan holda kurashilmoqda.
Aziz o'quvchilar! Shuni yaxshi bilingki, davlat to'ntarishi yo'li bilan mavjud Konstitutsiyaviy tuzumni o'zgartirishga urinish — Vatan xoinligi deb baholanadi.
Aqidaparastlarga ergashish oxir-oqibatda o'z Vataniga xoinlik qilishga olib keladi!
Davlatning yosh fuqarosi sifatida uning Konstitutsiyasi va qonunlarini hurmat qilishingiz va ularga bo'ysunishingiz lozimligi- ni unutmang. Aqidaparastlar da'vatiga emas, o'z davlatingizga, Yurtboshingizga ishoning va sadoqatli bo'ling. Buyuk istiqbolli davlatingiz bilan faxrlaning!
Qalbingizga aqidaparastlikni emas, ma'rifat-axloqli islomni jo eting. Islom, umuman, dinlar dunyoviy bilimlarni inkor etmasligini unutmang. Kelajak, dunyoviy davlatingizning taqdiri yuksak dunyoviy bilimlarni egallagan Siz kabi yoshlar qo'lida ekanligini doimo esingizda tuting!




SAVOL VATOPSHIRIQLAR




  1. Aqidaparast-ekstremistik tashkilotlarning u yoki bu davlatda amalga oshirgan qabih ishlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Matndan aqidaparastlikning O'zbekistonga tahdidi nimalarda namoyon bo'layotganligini aniqlang va ularni daftaringizda qayd eting.

  3. O'zbekistonda aqidaparastlik qanday tarqaldi? Uning dastlabki faoliyati haqida so'zlab bering.

  4. 1997- yilda yuz bergan Namangan voqealari to'g'risida so'zlab bering.

  5. 1999- yil 16- fevral kuni aqidaparastlar qanday qabih jinoyatga qo'l urdilar?

  6. Fevral voqealarining achchiq saboqlari nimalardan iborat?

  7. Nega Siz hech qachon aqidaparastlarga qo'shilmasligingiz lozim?

  8. Andijon voqealari haqida nimalarni bilib oldingiz?




Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling