Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet11/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
дин

Fetishizm Fetishizm (portugalcha — “fetisho”, fransuzcha “fetish” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “sehrli narsa” degan ma’noni anglatadi) — jonsiz narsalarni g‘ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig'inishdir. Sig‘inish ob’yektlari, ya’ni fetishlar (narsalar) — tosh, daraxt, umuman har qanday buyum bo‘lishi mumkin. Xullas, ishonuvchilar g‘ayritabiiy xususiyati bor deb faraz qilingan barcha moddiy buyumlar fetish deb ataladi.
Boshqacha aytganda, fetish — tirik boMmagan, jonsiz narsalarga sig‘inish demakdir.
Ma’lumki, tabiatdagi turli narsalar, hodisalar va ularning murakkab tomonlari ibtidoiy davr kishilariga sirli bo‘lib tuyulgan, natijada kishilar ularni ilohiy deb tushunganlar va ularga sig‘inganlar. Bunda buyumlarda, narsalarda aslida haqiqatda bo‘lgan xususiyat asos bo‘lgan. Masalan, shunday o‘simliklar borki, ularning zahri tirikjonni oMdirish xususiyatiga ega. 0‘simliklaming bu xususiyati g‘ayritabiiy xususiyat deb hisoblangan. Keyinchalik o‘simliklardagi bunday xususiyatlar boshqa narsalarga, masalan, toshga ko‘chirilgan. Ov qilayotgan ibtidoiy odamlar ayrim toshlarning hayvonlarga o‘xshashligini payqaganlar. Shuning uchun ular ovga borganlarida ana shu toshni olib ketganlar. Ov o‘ngidan kelib qolganda, bunga ham shu tosh sababchidir deb hisoblaganlar. Shu tariqa, oddiy predmetlarga g‘ayritabiiy xususiyatlar xos degan fikr barqarorlashgan.
Fetishizm diniy tasavvurning ancha murakkabroq shaklidir. Bu murakkablik — diniy tasavvur shakllangan makonlardagi odamlarning dastlab har xil buyumlardan, tog'-toshlardan, daraxtlardan, keyinchalik esa tumor, sanam (but) va hokazolardan ko‘mak olishga umid bog‘laganliklari bilan belgilanadi.
Sehrgarlik Sehrgarlik — odam, hayvon va tabiatga g‘ayritabiiy yollar bilan ta’sir o‘tkazish maqsadida bajariladigan xatti-harakatlardir.
Bugungi kunda sehrgarlik urf-odatlari odamlar hayotida ma’lum darajada rol o‘ynab kelmoqda.
Nima uchun shunday? Nega sehrgarlik odamlarni o‘ziga bu qadar jalb etgan?
Buning sababi: birinchidan, sehrgarlik urf-odatlarini bajarishning osonligi bo‘lsa, ikkinchidan, uning odamlar kundalik turmushi bilan eng yaqin darajada bog'langanligida edi.
Ma’lumki, inson har doim sog‘lom bo‘lishni, omadli bo‘lishni, yaxshi hayot kechirishni, birovning o‘ziga yomonlik xatti- harakatlarini qilmasligini orzu qilgan.
Sehrgarlik insonning ana shu orzu-intilishlarini chulg‘ab olgan. Shuning uchun ham hatto dinga ishonmaydigan, o‘zini dahriy deb hisoblagan odam beixtiyor sehrgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu odatga so‘zsiz amal qiladi. Masalan, ostonada turib so‘rashmaslik, ko‘rgan tushlarining ta’biri bilan qiziqishi, yomon tush ko‘rgani uchun xayr-sadaqa qilish va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Sehrgarlik o‘z mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga boMinadi:

  • dushmaniga ziyon-zahmat yetkazish;

  • harbiy;

  • muhabbat (issiq-sovuq qilish);

  • davolash;

  • ob-havo va xo‘jalik sehrgarligi.

Siz quyida ulardan ayrimlarining mazmuni bilan tanishasiz.
Dushmanga ziyon-zahmat yetkazish sehrgarligi.
Bu sehrgarlik turining mazmuni turli xatti-harakatlar orqali g‘ayritabiiy yo‘l bilan o‘z dushmaniga ziyon yetkazishdan iboratdir.
Dunyo xalqlari orasida o‘zining bunday niyatini amalga oshirishni istaganlar turli usullarni qo'llaganlar. Masalan, avstraliyaliklarda bu marosimni bajarayotgan odam o‘z qurolini (masalan, uchi o‘tkirlashgan suyakni yoki yog‘ochni) dushman bor, deb hisoblangan tomonga qaratgan va bir necha daqiqa davomida zarur duolarni o‘qigan. Bu duo natijasida uning quroli “sehrli” bo‘lganligi uchun dushmanga ziyon yetkazdi, deb ishonilgan. (Garchand, qurol dushman tomonga otilmagan bo‘lsa- da). Demak, dushmanga shikast yetkazish uchun dushman bor, deb hisoblangan tomonning mo‘ljalga olinishi — bu, hayotiy hoi, biroq otilmagan qurolning duo natijasida dushmanga ziyon yetkazishi esa g‘ayritabiiy holdir.
Melaneziyaliklar bu marosimni boshqacharoq ko‘rinishda bajarganlar. Masalan, dushmanini o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam dushmani tanovul qilgan ovqat qoldiqlarini, soch tolalarini, buyumi parchasini, tashlagan tirnog‘i yoki oyog‘i izini topib kelgan. So‘ngra, ularni o‘zi sehrli deb hisoblagan moddalarga aralashtirgan va uni yo yoqib yuborgan, yo suvga cho‘ktirgan, yoxud chirib ketsin deb bir joyga yashirib qo‘ygan. Bir necha kundan keyin chiriyotgan narsaning hid chiqarishi dushmanning o‘lganligini bildirgan.
Ba’zi xalqlarda bunday marosimni bajarish yarim yillab davom etgan. Bunda topib kelingan dushmanning narsasiga sehr bilan shikast yetkazish yarim yil davom etsagina dushman kasalga yo‘liqadi va o‘ladi, deb ishonilgan.
Ba’zi xalqlarga esa dushmanni yo‘q qilish-uchun ularning qadam izlariga o‘t qo‘yib yuborishning o‘zi yetarli bo‘lgan.
Yuqorida aytilgan misollar o‘tmishda juda ko‘p xalqlar hayotida ro‘y berishi mumkinligi uchun odamlar bora-bora bo‘lar-bo‘lmas joylarga tirnoqlarini, sochlarini tashlab ketmaydigan boiganlar. Bolalarning tushgan tishini, kesilgan kindigini yashirib qo‘yadigan boiishgan.
E’tibor bering, Siz yuqorida tanishgan sehrgarlikka oid misollarda sehrgar bevosita odamning o‘ziga shikast yetkazgani yo‘q. Unda shikast nimadir orqali (tirnoq, soch, suyak, qurol) yetkazilayotir. Sehrgarlikning kuchi, mohiyati ham ana shunda.
Agar dushmanning o‘zi topib kelinib jazolanganda edi, u sehrgarlik boimay qolardi.
Dushmanga ziyon-zahmat yetkazish sehrgarligining marosimlari yashirin ravishda o'tkazilgan. Bu sehrgarlikning tig‘i bitta dushmanga qaratilgan.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling