Dunyo dinlari tarixi


Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi bayrami


Download 489.19 Kb.
bet55/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
дин

Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi bayrami. Cherkov ta'limotiga ko'ra, Bibi Maryam Quddus ibodatxonasiga ota-onasi tomonidan olib kelingan. Cherkovning fikricha, Maryamning ota-onasi dindorlar uchun namuna bo'lmog'i lozim edi. Binoba­rin, ular o'z farzandlarini juda yoshligidanoq xristian dinidan xabardor qilishlari, cherkov rasm-rusmlari va an'analari bilan tanishtirishlari kerak. Bu bayram diniy jamoalarni yoshlar hisobiga to'ldirishda muhim rol o'ynaydi.
Bibi Maryamni xotirlash bayrami — 15- avgustda uning hayot yo'lining nihoyasiga yetishi sifatida nishonlanadi.
Xristianlik o'z tarixida ro'y bergan barcha murakkabliklarga qaramay, mana 2000 yildirki, vaqt sinoviga bardosh berib kelmoqda. Bugungi kunda xristian dini ham boshqa jahon dinlari kabi yeryuzida mustahkam tinchlik, turli millatga, diniy e'tiqodga mansub xalqlar o'rtasida birodarlik, o'zaro hurmat, tenglik, totuvlik ideallarini targ'ib etib kelmoqda va mazkur idealni ro'yobga chiqarish ishiga bu din arboblari ham munosib hissa qo'shmoqdalar.


Prichasheniye — Iso payg'ambarning vujudi va qoni qo'shilgan non va vino tortish.


Salb ishorasi— salb xristian dinining muqaddas timsoli. Qatl quroli tasviri bo'lgan salb xristianlikni qabul qilganlik belgisi vazifasini o'taydi.


SAVOL VATOPSHIR1QLAR




  1. Katoliklik ta'limotining qisqacha mazmunini so'zlab bering.

  2. Katoliklarning «xayrli ishlar zaxirasi» va «xizmatlar xazinasi» haqidagi ta'limoti qanday maqsadni ko'zlar edi?

  3. Katoliklik marosimlaridagi farqlar to'g'risida so'zlab bering.

  4. Protestantlik ta'limotidagi 3 yangi qoidaning mazmunini izohlab bering.

  5. Pravoslavlik, katoliklik va protestantlik ta'limotidagi va marosimlaridagi farq qiluvchi jihatlarni bir-biri bilan taqqoslang.

Bu farqlarning sabablari haqida o'z xulosangizni ayting.

  1. Pravoslavlik marosimlari haqida nimalarni bilib oldingiz.

  2. Pravoslavlik bayramlari haqida so'zlab bering. O'ylab ko'ring-chi, qo'lingizdagi kitobda nega pravoslavlik haqida kengroq fikr yuritilgan?

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling