Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet58/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
Bog'liq
дин

Sunniylik («Sunna» so'zidan olingan bo'lib, asl islom an'analari tarafdorlari degan ma'noni bildiradi) tarafdorlari o'zlarini ahl as-sunna, ya'ni sunna ahli deb ataydilar va Muhammad payg'ambar (s. a. v.)ning shialar tomonidan buzilayotgan an'analariga faqat bizgina amal qilyapmiz, deb hisoblaydilar. Islomning Muhammad (s. a. v.) davridayoq shakllangan ta'limotining to'g'riligini, Sunnani (Hadisni)
Qur'ondan keyingi islom ilohiyoti va shariatining ikkinchi manbayi deb tan olgan, islomning an'anaviy diniy marosimlariga, maishiy, ijtimoiy qoidalariga amal qiladigan har bir musulmon sunniy hisoblanadi. Bugungi kunda sunniylar butun jahon musulmonlarining asosiy qismini tashkil etishadi.
Shialik (guruh, partiya, tarafdor, ya'ni Alining guruhi, tarafdorlari degan ma'noni anglatadi) — Ali va uning avlodini Muhammad payg'ambar (s. a. v.)ning birdan-bir qonuniy vorislari deb tan oladigan turli yo'nalish va sektalarning umumiy nomidir.
Safaviylar sulolasining birinchi shohi Ismoil XVI asrning boshlarida shialikni Eronning rasmiy dini deb e'lon qilgan. Hozir ham u Eronda hukmron e'tiqod shakli hisoblanadi. Iroq, Afg'oniston, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Livan va boshqa davlatlarda ham keng tarzda yoyilgan.
Shialarning sunniylardan asosiy farqi nimalardan iborat?
Shialar bilan sunniylar o'rtasidagi asosiy farq — imomat tu- shunchasining talqin qilinishidadir. Imomat — shialikda davlatni boshqarish huquqi haqidagi ta'limot, e'tirof etilgan 5 aqidadan biri. Unga ko'ra, musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad payg'ambar (s. a. v.) avlodi (kuyovi Ali bilan qizi Fotimadan tarqalgan avlod) hukmron bo'lish huquqiga ega deb hisob-lanadi.
Sunniylar uchun imom odamlar tomonidan saylanadigan yoki tayinlanadigan diniy yoki dunyoviy rahbar hisoblansa, shialarda imomlik «Allohning inoyati» bo'lib, u bir imomdan ikkinchisiga o'tadi. Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom (eng oliy rahnamo) hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan dastlabki xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo'rlik bilan egallab olgan shaxslar deb hisoblaydilar va ularni tan olmaydilar. 874-878- yillar orasida 7—9 yoshida bedarak yo'qolgan (tarixiy nuqtayi nazardan o'ldirilgan bo'lishi kerak) 12- imom — Muhammad al-Mahdiyni ularyashiringan, zamona oxirbo'Iganda u qaytib keladi va adolat o'rnatadi, deb hisoblaydilar.
Bundan tashqari, sunniylikda 7 aqida tan olinsa, shialar quyi- dagi 5 aqidani tan oladilar:
a) Allohning yagonaligi; b) adolat; d) oxirat va o'lganlarning tirilishi; e) payg'ambarlik; 0 imomat.
-Shialar kalimayi shahodatga «Aliyan valiulloh» so'zlarini qo'shib aytadilar.
-Shialar sunniylarning Hadislarini tan olmaydilar. Shu­ning uchun ham ular Muhammad, Ali va uning avlodlari nomi bilan bog'liq hadislardan «Axbor» deb nomlangan to'plam tuzganlar. Mazkur to'plam shialikda Qur'ondan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi.
-Shialikda imomat mutlaqo yangi aqidadir. Unga ko'ra, imomat Ali avlodlariga aloqador «abadiy ilohiy nur»ning namo- yon bo'lishidir, ular ilohiy mohiyatga, beayb va g'ayriinsoniy bilimga ega.
-Ba'zi urf-odat, marosimlar va shariat me'yorlarida ham shialikda sunniylikdan farq qiluvchi tomonlar mavjud. Masalan, shialar sunniylar kabi Makka bilan Madinani muqaddas hisob- lash bilan birga, Karbalo, Najaf shaharlarida joylashgan shia imom- lari qabrlarini ham ziyorat qiladilar. Imomlarning ba'zilarigina o'ldirilgan (yoki zaharlangan), lekin shunga qaramay, shialar ularning barchasini xalifalar tomonidan o'ldirilgan, deb hisob- laydilar. Ular jabrdiyda va din yo'lida shahid bo'lganlar, deb motam tutadilar.
Shialarda Ashuro marosimi alohida o'rin tutadi. Bu motam marosimidir. Ular muharram oyining 10- kuni Alining o'gii imom Husayn Iroqdagi Karbalo dashtida jangda halok bo'lgan deb hisoblaydilar. Shuning uchun shialar bu oyning dastlabki 10 kunligida motam tutadilar. Unda «Shoh Husayn, voh Husayn» (shaxsey-vaxsey) deb qichqiradilar va o'zlariga azob beradilar. 10- kuni motam yig'ilishi o'tkaziladi.
Islom dini yuqorida qayd etilgan ichki ziddiyatlar natijasida bo'linib ketishiga qaramay, u dunyo bo'ylab o'z e'tiqodchilari sonini tobora ko'paytirib borayotgan jahonning nufuzli dinlaridan biridir.
Islom dinining jahonga yoyilishi.Muhammad payg'ambar (s. a. v.) hayo tining so'nggi yillarida tuzgan Arab davlati ancha mustahkam davlatga aylanib ulgurgan edi. U Yamandan Sino yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy Qum sahrosigacha cho'zilgan hududlarni o'z ichiga olgan.
Muhammad (s. a. v.) vafot etgach, davlatni xalifalar (Muhammadning o'rinbosarlari) boshqarganlar. Shuning uchun ham bu davlat tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan.
632- yildan 661-yilgacha bo'lgan qisqa vaqt ichida 4 nafar xalifa hukmronlik qilgan. Bular — Muhammadning qaynatalari Abu Bakr va Umar, kuyovlari Usmon va Alilar edi.
Ularning ichida Arab xalifaligi hududlarini kengaytirishga ulgurgan xalifa Umar edi. Uning davrida Suriya, Falastin, Misr, Shimoliy Afrika, Iroq istilo qilingan. Shu tariqa islom dini dunyo bo'ylab tarqala boshlagan edi.
661-750- yillar xalifalik tarixida umaviylarsulolasining hukm- ronlik davri deb ataladi. Bu davrdan boshlab arablar yurishining ikkinchi davri boshlanadi. Ular Shimoliy Afrikadan to Ispaniyagacha bo'lgan yerlarni fath etdilar. VIII asrda O'rta Osiyoda fath etilgan yerlarda aholini islom diniga kiritish harbiy to'qnashuv, da'vat hamda soliq siyosati yo'li bilan amalga oshirildi.
Islom dini IX—X asrlarda Tataristonda, X—XII asrlarda Boshqirdistonda tarqalgan.
Arab xalifaligi 6 asrdan ko'proq o'z tarixiga ega. Bu davr mobaynida xalifalikda ko'tarilish hamda siyosiy inqirozga uchrash davrlari bo'ldi. Agar dastlabki 3 asr mobaynida Arab xalifaligi markazlashgan ko'p millatli davlat bo'lgan bo'lsa, IX asrning o'rtalaridan boshlab xalifa o'z siyosiy hokimiyatidan ajralib, xali­falik bir necha mustaqil davlatga bo'linib ketgan. Xalifalik nomigagina 1258-yilgacha, ya'ni Chingizxonning nevarasi Xulaguxon Bag'dodni bosib olguncha yashadi.XVI asrdan boshlab turk sultonlari boshchiligidagi Usmoniylar xalifaligi tarixi boshlangan. Hozirgi arab davlatlarining barcha hududlari Usmoniylar imperiyasi qo'l ostida bo'lgan. 1517- yilda Usmoniylar Misrni bosib olganlar va o'zlarini fotiylar — butun musulmonlar olami rahbari davomchilari, deb e'lon qilganlar. Bu hoi Usmoniylar imperiyasi qulaguncha — 1918- yilgacha davom etgan.
Islom faqat urushlar yo'li bilan emas, da'vat va savdo yo'li bilan ham Yeryuzining ko'plab mamlakatlariga yoyilgan. Bugungi kunda islom tarqalmagan qit'a yoki davlat yo'q. Yer yuzi aholisining 1,5 mlrd. ga yaqini islomga e'tiqod qilmoqda. O'rta Osiyo, shu jumladan, O'zbekiston aholisining ko'pchilik qismi asrlar osha islomga e'tiqod qilib kelmoqdalar.
Islom hozirgi kunda hatto G'arb davlatlarida ham o'z e'tiqodchilarini ko'paytirib bormoqda.
Masalan, AQSHda 6 mln, Fransiya, Angliya, Germaniya- ning harbirida 2 mln. dan ortiq, Kanadada 0,5 mln. aholi islomga e'tiqod qiladi.



  1. Download 489.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling