Dunyo hamjamiyati diqqatini ekologik muammolarga qaratish, insonlarning ekologik bilim va madaniyatini boyitish maqsadida turli sanalar belgilangan. Jumladan, 2 fevral - Xalqaro suv botqoqliklari kuni, 21 mart - Xalqaro о‘rmon kuni, 22 mart - Butunjahon suv resurslari kuni, 15 aprel - Xalqaro ekologik bilimlar kuni, 22 aprel - Butunjahon yer kuni, 12 may - Ekologik ta’lim kuni, 22 may - Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida nishonlanadi. Ular orasida 5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni о‘ziga xos xususiyatga ega. 1971 yilning 11 may kuni BMT Bosh kotibiga kelib tushgan 23 mamlakatning 2200 nafar fan va madaniyat arbobi imzolagan murojaatnoma mazkur sana belgilanishiga asos bо‘lgan. Murojaatnomada "YO biz tabiatning ifloslanishini bartaraf qilamiz yoki u biz - insoniyatni halokatga olib keladi", deya ta’kidlanadi. Bir yil о‘tib, Stokgolmda atrof-muhitni himoya qilishga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasi bо‘lib о‘tadi. Unda jahonning 113 mamlakatidan vakillar ishtirok etib, aynan shu sana Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida belgilanadi.
Ekologik xavf, о‘rni kelganda, hattoki yadro talafoti va terrorizmdan ham dahshatliroq bо‘lib, Yer yuzidagi barcha xalqlarni tobora bu haqda chuqurroq о‘ylashga majbur etmoqda. Butunjahon yovvoyi tabiat (WWF), Global Footprint Network jamg‘armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda о‘tkazgan tadqiqot natijalariga kо‘ra, 1970 yildan buyon Yerdagi yovvoyi hayvon va qushlar soni 3430 turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foizga kamaygan, ya’ni havoda va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76, Yer ustida va suvda yashovchilar soni 39 foizga qisqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |