Dunyo irqlari va ularning tarqalishi


Bir qator mamlakatlarda milliy tarkib (yoki til) haqidagi masalaning yo’qligi, aholining etnik jihatdan nisbatan bir hilligiga bog’liqdir


Download 470.48 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi470.48 Kb.
#1329079
1   2   3   4
Bog'liq
Isoqov Nuriddinjon demografiya

Bir qator mamlakatlarda milliy tarkib (yoki til) haqidagi masalaning yo’qligi, aholining etnik jihatdan nisbatan bir hilligiga bog’liqdir.

Dunyo aholisi milliy tarkibi


Dunyo aholisining milliy tarkibini aniq bilish juda mushkul, chunki dunyoning koʻp qismlarida assimilyatsiya (qorishish) va konsolidatsiya (milliy jipslashish) jarayonlari keng tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda oʻtkazilgan roʻyxatlarda milliy tarkibi nisbatan toʻla yoritiladi. Baʼzi hollarda esa millatlar haqida maʼlumot toʻla koʻrsatilmaydi.

Dunyo aholisi milliy tarkibi

Yevropa mamlakatlari aholining milliy tarkibiga boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: 1) bir millatli davlatlar. Bu davlatlarning har birida asosiy millat 90 % va undan ortiqroq qismni tashkil etadi. Bu guruhga Polsha, Germaniya, Vengriya, Daniya, Shvetsiya kabi 20 dan ortiq mamlakat kiradi; 2) koʻp millatli davlatlar. Bu davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlar kiradi. 

Osiyo koʻp millatliligi boʻyicha boshqa qitalardan ajralib turadi. Bu qitʼada bir millatli davlatlar juda kam. Ularga Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlari – Yaman, Saudiya Arabistoni, Iordaniyani kiritish mumkin

Dunyo aholisi milliy tarkibi

Afrika qitasi aholining milliy tarkibiga koʻra 3 etnik oblastga boʻlinadi:

Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Afrika. Bu rayonlarda oʻzaro yaqin arablar va barbarlar yashaydi;

Sharkiy va Gʻarbiy Sudan. Bu yerlarda fulbe, volof, gvineyaliklar, gurlar, xausa, ibo kabi xalqlar yashaydi;

Tropik va Janubiy Afrikada madaniyati, urf-odati va tili oʻzaro yaqin boʻlgan bantu xalqdari yashaydi.

Dunyo aholisi milliy tarkibi

Amerika qitʼasi aholisining milliy tarkibida koʻpchilikni (95 %) Yevropadan koʻchib borgan xalqlar va ularning aralashuvidan vujudga kelgan guruhlar yashaydi. 

Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibga koʻra ikki qismga ajratish mumkin:

Avstraliya va Yangi Zelandiyada inglizlar va Yangi zelandiyalik inglizlar istiqomat qiladi.


Download 470.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling