Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi
Industrlashtirishgacha bo‘lgan davr: 1945-1960 yillar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
ma\'ruza
Industrlashtirishgacha bo‘lgan davr: 1945-1960 yillar. 1961 yilgacha iqtisodiy
rivojlanishning qabul qilingan uchta rejasi xaqiqattan ham hayotga joriy etilgani yoki muvaffiqiyat qozongani yo‘q. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng, ekspatriatsiya (1,9 mln. kishi) va Shimoliy Koreyadan qochoqlarning kirib kelishi (taxminan 1,65 mln. kishi) Natijada, shuningdek, yapon kapitali va texnologiyalarining chekinishi oqibatida ishlab chiqarish hajmi keskin pasayib ketdi, shu bilan bir qatorda ijtimoiy beqarorlik o‘sib bordi. Yangi qaror topgan Koreya hukumatining mehnat resurslari bilan shug‘ullanishi murakkab kechgan. Dastlabki industrlashtirish harakatlari jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi, ishsizlik va mehnat bozoridagi beqarorlik kuchayib bormoqda edi. Garchi urushdan keyin ishchi kuchiga talab katta bo‘lsa-da, ishchi kuchi taklifi talabdan ancha yuqori bo‘lgan va shu sababli mehnatga layoqatli kishilarning 70% qishloq xo‘jaligi va oddiy ishlab chiqarish sohalarida band bo‘lgan. Shunga qaramay, ta’limga alohida e’tibor qaratilishi savodsizlikning keskin kamayishiga va davlat maktablari sonining ortishiga sabab bo‘ldi. . Masalan, boshlang‘ich maktab o‘quvchilari soni 1959 y.da 1,6 dan 3,6 mln.gacha o‘sdi, o‘rta va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida bu ko‘rsatkich 480 mingdan 800 mingacha yetdi. Agar 1947 y.da 25 ta oliy O‘quv yurtida 20 ming talaba o‘qigan bo‘lsa, 1953 yilga kelib oliy o‘quv yurtlari soni 58 taga, ulardagi talabalar soni 40 mingtaga yetdi. Koreya Respublikasi favqulodda ijtimoiy beqarorlik va vayronakor urush vaqtida ham ta’lim tizimiga va uni kengaytirishga o‘z e’tiborini kamaytirmadi. 60-yillardan boshlab bu kabi ta’limni rivojlantirish jadalligi hozirga qadar zaiflashmagan. Xalq ta’limi tizimining kengayishi: 1960-yillar. 1960- yillarni ortiqcha mehnatga layoqatli ishchi kuchining o‘z imkoniyatlarini to‘liq ravishda iqtisodiy taraqqiyot uchun safarbar etish davri deb tavsiflash mumkin. 1962 y.dan boshlab hukumat taraqqiyot dasturini ishlab chiqdi va uni yetakchi mehnat sig‘imi yuqori sanoat tarmoqlariga joriy eta boshladi, ayni vaqtda esa ish haqini pastligicha ushlab turdi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, hukumat siyosati bir vaqtning o‘zida eksportni rag‘batlantirish, industrlashtirish va bandlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bu harbiy hukumat uchun ikki taraflama samarali siyosat bo‘lib, bunda u “nochorlik va ishsizlikka qarshi kurash” shiorini olg‘a surgan. Haqiqatda esa hukumat mehnat resurslarini rivojlantirish darajasini oshirishga intilmagan, sababi bunda asosiy maqsad xalq ta’limi rivojlantirishga qaratilgan edi. Biroq shuni ta’kidlash joizki, hukumat sanoat sektolrining jadal o‘sib borayotgan ishchi kuchiga bo‘lgan talabani qondirish uchun mehnat resurslarini yetarli darajada samarali tarzda safarbar etishga layoqatli edi. Bu esa iqtisodiyotni uzoq vaqt davomida rivojlantirish uchun faqat kapital mablag‘larning o‘zi yetarli bo‘lmasligini, buning uchun yana layoqatli va raqobatbardosh mehnat resurslari ham talab etilishini isbotlaydi. 1963-1992 yillar davomida Koreya bandlikning yillik o‘sish darajasini taxminan 3,3% miqdorida ta’minlagan holda, ishsizlik darajasini 8 dan 2%gacha qisqartirishga erisha oldi. Bunga asosan, mehnat resurslarini qishloq xo‘jalik sektoridan ishlab chiqarishga migratsiya qilish natijasida erishildi. Misol uchun, sanoatdagi bandlik koefitsiyenti 1963 yildagi 7,9% dan 60-yillarning oxiriga kelib 13%ga o‘sdi, ayni vaqtda, bu ko‘rsatkichlar agrar sektorda 63 dan 50% gacha qisqardi. 1960-yillarning oxiriga kelib arzon ishchi kuchining cheksiz taklifiga barham berildi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling