Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Kasb-hunar ta’limi tizimining yaratilishi: 1970-nillar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Kasb-hunar ta’limi tizimining yaratilishi: 1970-nillar. 1960-yillarning oxiriga 
kelib, inson kapitalining yaratilishi muammosi kun tartibining asosiy masalasiga 
aylandi. Masalan, 1963-1973 yillarda hukumat bir qator texnik qayta o‘qitish 
dasturlarining tashabbuskor bo‘ldi. Bunda BMT, XMT, Germaniya va AQSH dan 
olingan mablag‘lar va texnik yordam aynan mana shu maqsadlar uchun yo‘naltirildi. 
1973 yilda hukumat kasb-hunar texnika maktablari uchun loyihalar boshlanganini 
e’lon qildi va butun e’tiborni OGG loyihalariga qaratdi. 1976 yilda u Kasb-hunar 


texnik ta’lim to‘g‘risida Bosh qonunni e’lon qildi. Garchi 60-yillarda norasmiy OGG 
ishlab chiqarish uchun tashqi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashi uchun madad 
bo‘lgan bo‘lsa-da, 70- yillarga kelib rasmiy kasbiy ta’lim mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirish uchun zaruriyatga aylandi. Shuni ta’kidlash joizki, aynan hukumatning 
o‘zi tadbirkorlarga korxona ichida ta’lim dasturlarini tashkil etish iltimosi bilan 
murojaat qildi. 
Hukumatning 70-yillar o‘rtalarida olib borgan siyosatiga qaramay, yuqori 
malakali texnik kadrlar yetishmovchiligi sezilib bordi. Bu esa ish haqining keskin 
oshishiga va texnik xodimlarning haddan ko‘plab jalb etilishiga sabab bo‘ldi. 
Hukumatning mehnat qonunchiligini tartibga solishga qaratilgan harakatlarining 
yetarli emasligi, hukumatning bandikni kengaytirish siyosatiga hanuz eskicha 
yondashuvi buning bosh sababi edi. 
Ilmiy-texnik xodimlar sonining oshib borishi: 1980-yillar. 
Garchi inson kapitalini rivojlantirish rejalari va kasbiy ta’limni rag‘batlantirishga 
urinishlar bo‘lsa-da, ular sifat emas miqdoriy tavsifga ega edi. Masalan, ko‘plab 
texnik kollejlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, biroq ularning bitiruvchilari muntazam to‘rt 
yillik kollejlarga o‘tkazilar edi, sababi ularning kasbiy mahorati yetarli bo‘lmagan. 
Shuning uchun ham, 80-yillardagi inson kapitalini rivojlantirish rejalari yuqori 
malakali 
texnik xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Beshinchi 
Respublikaning davlat tepasiga kelishi bilan, hukumat og‘ir sanoat sektorida yuqori 
harajatlar bilan o‘z industrial siyosatini rivojlantirishga harakat boshladi. Xususiy 
sektorda ham inson resurlarini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli va uzoq 
muddatli 
loyihalarni 
boshlab 
yubordi. 
Mamlakatda 
muvofiqlashtirilgan 
industrializatsiya siyosatiga talab yuqori edi. Qabul qilingan Deklaratsiyaga muvofiq 
maoshlarni bir taraflama oshirish choralari ham sektor o‘rtasidagi tengsizlikni 
bartaraf eta olmadi. Mehnat samaradorligi muvofiq ravishda o‘smagan bo‘lsada, qora 
ishchilar ish haqi sezilarli tarzda oshirildi. Bu kabi oshirishga 80-yillarning 
oxirlaridagi keskin iqtisodiy o‘sish tufayli erishish mumkin edi. Natijada xalqaro 
raqobatbardoshlikda qiyinchiliklarga duch kelindi va iqtisodiyot inqirozga yuz tutdi. 
Bu yo‘lning salbiy oqibati qurilishda va unga bog‘lik tarmoqlarda maoshlarning 
to‘satdan oshirilishi nafaqat inflyatsiyaga olib keldi, balki mehnatkashlarning kichik 
va o‘rta korxonalardan xizmat ko‘rsatish sohalariga yalpi migratsiyasiga sabab bo‘ldi. 
Mehnatkashlik ruhiyati koreys ishchisini tark eta boshladi va sanoatdagi ishchi 
kuchini yetishmovchiligi o‘rni xorijiy ishchilar bilan qoplama boshladi. 
Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, 80-yillardan boshlab hukumat inson kapitalini 
rivojlantirish loyihalariga va o‘sib borayotgan investitsiyaga ega sanoat tuzilmasini 
yaratishga butun kuchini qarata boshladi. Bu esa industrial siyosatni muvaffaqiyatli 
olib borishga yordam berdi. 
Mehnat bozori o‘zgaruvchanligi davri: 1990-yillar. Hukumatning 80-yillardagi 
inson kapitalini rivojlantirishga muvaffaqiyatsiz harakatlari 90-yillarda “qimmat, past 
samarali” iqtisodiy tuzilmani yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Mehnat ittifoqlari mehnatning o‘zgaruvchan bozoriga bo‘lgan o‘sib borayotgan 
ommaviy talabni ushlab turdilar. 90-yillarning oxiriga qadar hukumat mehnat va 
inson kapitaligi uzoq muddatli rivojlantirish siyosatiga yetarli darajada e’tibor 


qaratmadi. 1997 yildagi aynan moliyaviy inqiroz mehnat, tadbirkorlik va hukumat 
o‘rtasidagi buyuk kelishuv orqali tadbirkorlik va mehnat munosabatlari islohotiga 
muqaddima boshlab berdi. 1998 yildan yangi bilimga erishish mumkin bo‘ldi. Bunga 
sabab bo‘lgan narsa inqiroz tufayli ko‘p kishilarning ish joyini yo‘qotishi yoki ish 
haqining pasayib ketishi edi. Mehnat bozori o‘zgaruvchanligining esa bu jarayonda 
sezilarli tarzda oshishi muqarrar bo‘lib qoldi. Hukumat jadal o‘sib borayotgan 
ishsizlikdan benihoyat tashvishga tushib qoldi, biroq shunga qaramay, ish kuchini 
rivojlantirishning uzoq muddatli aniq bir rejalarini ishlab chiqmagan edi. Kasbiy 
bilimlarni chuqurlashtirish va mehnat resurslari sifatini oshirish ishchi kuchiga uzoq 
muddatli talab va taklif asosida ko‘rilmas edi. XXI asrning boshlarida ko‘plab koreys 
ota-onalar o‘z farzandlarini (nafaqat kollejlar talabalari, balki boshlang‘ich maktab 
o‘quvchilarini ham) ichki ta’lim tizimidan qo‘niqmaslik sababli xorijga o‘qishga 
jo‘natar edilar. Ta’lim olish maqsadlarida xorijga chiqib ketgan talabalar soni 1999 
yildagi 200-220 mingdan 2002 yilda 343-842 mingtaga oshdi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling