Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Huquqiy asoslar. Asosiy qonunning 7-moddasiga muvofiq butun maktab ta’limi 
tizimi davlat nazorati ostidadir.


Federativ qurilishga muvofiq ta’lim sohasidagi vakolatlar federastiya va yerlar 
o‘rtasida bo‘linadi. Jumladan, Germaniyadagi mavjud 16 ta yerlarning hammasida 
ham o‘zlarining ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari mavjud.
Ta’lim sohasidagi qonunchilik va boshqaruv, asosan, erlarning vakolatiga kiradi. 
Bu, avvalombor, o‘rta va oliy ta’lim tizimi, kattalarni o‘qitish tizimi va ta’lim 
darajasini oshirish tizimiga tegishlidir.
«Maktab ta’limi tizimini muvofiqlashtirish» to‘g‘risidagi yerlararo bitim
(1971 y. 14 sentyabrda qabul qilingan Gamburg bitimi) ushbu tizimning umumiy va 
qiyosiy to‘zilmasini belgilaydi. Ushbu bitimga asosan yerlar qonunchilik organlari 
tomonidan maktabda ta’lim olishning majburiyligi, tashkiliy shakllar, imtihon 
natijalarini e’tirof etishga tegishli bo‘lgan majburiy qoidalar qabul qilindi. Bundan 
tashqari qo‘shimcha qarorlar qabul qilinib, yerlar madaniyat va ta’lim vazirlarining 
Doimiy anjumani (KMK) barcha yerlarda umumta’lim va kasb-hunar maktablarini 
tamomlaganlik hakidagi guvohnomalarni tan olish uchun ham umumiy asoslarni 
yaratadi.
Bular, xususan, gimnaziyalarning yuqori bosqichlarini qaytadan tashkil qilish 
to‘g‘risidagi, yetuklik shahodatnomasi uchun imtihonlarga qo‘yiladigan yagona 
talablar to‘g‘risidagi va maktab ta’limi tizimida yakdillik va qiyoslashning zarur 
darajasini ta’minlaydigan birlashgan maktablarni tamomlaganlik haqidagi 
guvohnomalarni o‘zaro e’tirof etish hakidagi qarorlardir.
Germaniya’ning birlashuvidan so‘ng KMK doirasidagi bitimlarga asosan yangi 
yerlarning ta’lim tizimini to‘zilmaviy qayta qurish markaziy vazifaga aylandi. 
Landtaglar tomonidan maktab to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingandan so‘ng yangi 
yerlarning beshtasida 1992-1993 o‘quv yili boshlanishi bilan maktab ta’limining 
ko‘ppog‘onali tizimi joriy etildi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling