Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

KASB-XUNAR TA’LIMI. Germaniyada uchinchi bosqich o‘rta 
ma’lumotiga ega bo‘lganlar soni tobora ortib bormoqda: maktablarning ko‘pchilik 
biti- ruvchilari oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga qaror qilmoqdalar. Maktabni oliy 
o‘quv yurtiga kirish huquqisiz tamomlagan yoshlar, odatda, kasb-hunar ta’limi 
tizimiga kirib boradi. Lekin oliy o‘quv yurtiga kirish huquqiga ega bo‘lganlarning 
ko‘pchiligi ham kasb-hunar ta’limini tanlaydi. Ko‘pchilik yoshlar o‘qishni «dual 
tizim» doirasida o‘taydi, ya’ni korxonada amaliy tayyorgarlik bilan kasb-hunar 
maktabidagi nazariy o‘qishni birlashtiradilar. Shunday qilib, xususiy sektor va davlat 
kelishilgan holda kasb-hunar ta’limi tizimidagi ahvolga javobgardirlar. Maktabdan 
tashqari kasb-hunarga o‘qish federastiya’ning boshqaruvida, kasb-hunar maktablari 
esa — alohida erlar boshqaruvidadir.
Bugungi kunda deyarli 1,6 mln yoshlar, e’tirof etilgan nufo‘z va talab darajasi 
turlicha bo‘lgan taxminan 470 ta ixtisoslikdan bittasi bo‘yicha tayyorgarlikdan 
o‘taydilar. Hozirgi vaqtda o‘smirlarning deyarli 40 foizi, qizlarning esa 55 foizidan 
ko‘prog‘i eng nufo‘zli 10 ta ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlik o‘tishmokda. O‘smirlar 
ko‘proq avtomexaniq, elektromonter, korxonada mexaniq yoki ulgurji va tashqi 
savdo-sotiq kommersanti. kasbini tanlashmoqda. Qizlar esa shifokor yordamchisi 
(hamshira), chakana savdo-sotiq sohasida sotuvchi, sartarosh, idora xizmatchisi 
kasblarini afzal ko‘rishmoqda. Shu bilan bir qatorda tugallangan kasbiy ta’limni 
ololmagan yoshlarga kasb egallash imkoniyatini berish maqsadida boshqa keng 
choralar ham amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktabi. Korxonada tayyorgarlik ko‘rish bilan parallel ravishda 
yoshlar 3 yil davomida kasb-hunar maktablarida, u erga haftada 2-3 marta qatnab 
ta’lim olishlari mumkin. Umumiy ta’lim bilan bir qatorda bu maktab, asosan, 
o‘quvchiga korxonadan ko‘ra kengrok ko‘lamda egallashi mumkin bo‘lgan maxsus 
nazariy bilimlar ham beradi.
Tayyorgarlik natijalari yakuniy imtihonlar jarayonida tekshiriladi va tegishli idora 
(palata) tomonidan berilgan o‘qishni tamomlaganlik haqida guvohnomalarda 
ko‘rsatiladi.
Kasb-hunar maktabida ta’lim olish 18 yoshga to‘lmagan va boshqa maktablarda 
o‘qimayotgan barcha yoshlar uchun majburiydir. Yil davomida tayyorlov kursida 
o‘quvchilar maxsus nazariy bilimlar egallaydilar, bu esa, o‘z navbatida, bo‘lajak 
mutaxassislik yo‘nalishini tanlashda yordam beradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling