Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Kasbiy ta’lim olishning boshqa imkoniyatlari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Kasbiy ta’lim olishning boshqa imkoniyatlari. Korxonada ta’lim olish va
kasb-hunar maktablarida o‘qishdan tashqari mutaxassislik egallashning boshqa 
imkoniyatlari ham mavjud. Masalan, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar bilim yurtlarida 
o‘qish 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. U korxonada kasbiy tayyorgarlik deb 
hisoblanishi yoki uni to‘liq ravishda o‘rnini bosishi mumkin. Real maktab 


bitiruvchilari texnikumlarga qabul qilinadi va 2 yildan keyin ular ixtisoslashtirilgan 
oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini beruvchi o‘qishni tamomlaganlik haqida 
guvohnoma olishadi. Tugallangan kasbiy ma’lumotta ega o‘quvchilarga bunday 
huquq 1 yil o‘qiganlaridan so‘ng beriladi. Nazariyadan tashqari, o‘qitish stikliga 
o‘quv ustaxonalarida ishlash va amaliyot kiradi. Har yili mehnat masalasi bo‘yicha 
federal boshqarma jismoniy zaiflik bilan og‘rigan yoshlarning individual kasbiy 
ma’lumot olishlari uchun 4,3 mln marka ajratadi. Jumladan, korxonalarning 
majburiyatlariga ishchi joylarning 6 foizidan kam bo‘lmagan qismi nogironlarga 
taqdim etish majburiyati yuklatilgan. Ushbu nizomni bajarmaganlik uchun jarima 
solinadi.
Korxonada ta’lim olish. Korxonada amaliy ta’lim olish, «shogirdlik», 
mutaxassislikka qarab 2 yildan 3,5 yilgacha, o‘rtacha 3 yil davom etadi. Davlat 
tomonidan e’tirof etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlik ruxsat etilgan xolos. 
Etuklik shahodatnomasiga ega bo‘lgan fuqaroning o‘qish muddati yarim yilga 
qisqartirilishi mumkin. O‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lsa, o‘qish muddatini yana 
yarim yilga qisqartirish mumkin. Shogirdlarning maoshi yildan-yilga ortib boradi. 
O‘quv dasturlari tadbirkorlar uyushmasi va kasaba uyushmalari tomonidan 
belgilanib, tegishli federal vazirliklar nizomlarida e’tirof etiladi. Ularda o‘qitiladigan 
fanlar va imtihon shakllari belgilanadi. Imtihonlar iqtisoddagi o‘z-o‘zini boshqarish 
organlari (sanoat-savdo palatalari, hunar palatalari) tomonidan qabul qilinadi. 
Imtihon komissiyasi tarkibiga ishbilarmonlar, mehnat jamoasi vakillari hamda kasb-
hunar maktablari o‘qituvchilari kiradi.
O‘quvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan 500.000dan ortiq 
korxonalarda, shuningdek erkin kasblar sohasida va davlat muassasalarida o‘qiydilar. 
Yirik firmalar o‘quvchilarni o‘zlarining o‘quv ustaxonalari va ish joylarida 
tayyorlaydilar. Kichik korxonalarda o‘qish bevosita ish joylarida tashkil etilgan. Agar 
korxona tor ixtisoslikka ega bo‘lib, zaruriy bilimlarni berish imkoniyatiga ega 
bo‘lmasa, ularga yoshlar o‘zlarining kasbiy bilimlarini chuqurlashtirishlari mumkin 
bo‘lgan tarmoqlararo o‘quv markazlari yordam beradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling