Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish
Download 38.5 Kb.
|
Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Harakatni tashkil etish tamoyillari.
- 2. Liniyadagi ishlarni tashkil etishga doir asosiy talablar.
Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish. Reja.
1. Harakatni tashkil etish tamoyillari. 2. Liniyadagi ishlarni tashkil etishga doir asosiy talablar. 3. Yo‘llardagi harakat jadalligi. 4. Transport vositasining marshrutdagi harakatini tashkil etish va uning sxemasi. 1. Harakatni tashkil etish tamoyillari. Harakatni tashkil etishdan asosiy maqsad ma’lum davr (vaqt) ichida belgilangan tashish ishlarini bajarishdan iborat. Rejada belgilangan vaqt turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, bir sutka yoki smena vaqti. Harakatni tashkil etishda quyidagilar ta’minlanishi lozim: sutka ichi soatlarida yuk oqimi yo‘nalishi va harakat zichligiga ko‘ra transport vositalaridan maksimal foydalanish; har xil sharoitlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilingan holda harakat tezligini oshirish hisobiga transport jarayonini jadallatish; tannarxni kamaytirgan holda tashishni o‘z vaqtida (kechirmasdan) tashish; mehnat unumdorligi oshirish. Shahar ichidagi yuk jo‘natuvchilar va qabul etuvchilar joylashuvi va o‘zaro boglanishlari, yuklarni qisqa vaqt ichida yetkazib berish, ularni kamaytirmay va arzon tashish imkoniyatiga ega marshrutlar tuzib, tashishni tashkil etish talab etiladi. Transport shaxobchalarini tashkil etish shahar planirovkasi, undagi ko‘chalar yoki ular ayrim bo‘laklaridagi turli transport harakatlari jadalligi, sutka ichida turli xil transportning harakat vaqtlari va shunga o‘xshashlar bilan bogliqdir. Kun (sutka) davomida harakat yo‘nalishlarining o‘zgarib turishini nazarda tutib, transport vositalarini tanlashda yetkazib berish vaqti, ularning ish unumdorligi va tashish tannarxini hisobga olish lozim. Tashishni marshrutlash va maxsuslashtirish aniq yo‘nalishlarda harakatni tashkil etishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Harakatni tashkil etishda transport vositalarining ish unumiga ta’sir etuvchi marshrutdagi ayrim ish elementlarini hisobga olish zarur. 2. Liniyadagi ishlarni tashkil etishga doir asosiy talablar. Transportning marshrutdagi ishi deyilganda, uning avtomobil saroyidan tashqaridagi tashish ishini muvaffaqiyatli tashkil etish tushuniladi. Avtomobilda belgilangan tashish ishini aniq tezkor rahbarlik qilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Avtomobil transportining marshrutdagi ishlarini bajarishiga dispetcherlik xizmati rahbarlik qiladi. Bunda haydovchilar va transport vositalariga topshiriq belgilanib, ish jarayonida paydo bo‘luvchi kamchiliklar o‘z vaqtida yo‘qotilishi lozim. Marshrutdagi ishni tashkil etishda, avvalo, mijozlar talabini bajarish bilan birga tezkor rejada belgilangan smena (sutka) topshirigini bajarishga e’tiborni qaratish lozim. Bunda ishning har bir bo‘ginida, ya’ni ortish-tushirishda va tashishning o‘zida-tashish va o‘tkazish imkoniyatlaridan maksimal foydalanish lozim. Transport vositasi oldindan belgilangan marshrutda, harakat xavfsizligini ta’minlovchi yuqori texnik tezlik bilan ishlashi lozim. Marshrutdagi ishni tashkil etishda ko‘p smenali va uzluksiz transport jarayonini tashkil qilishga alohida e’tibor berish kerak. Bunday ishlarni tashkil etishda tashishning o‘zaro bogliq uch elementini ajrata bilish kerak: marshrut, transport vositasi va haydovchilarning ish rejimlari. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling