Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish
Yo‘llardagi harakat jadalligi
Download 38.5 Kb.
|
Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Transport vositasining marshrutdagi harakatini tashkil etish va uning sxemasi.
3. Yo‘llardagi harakat jadalligi.
Harakat jadalligi (intensivligi) deyilganda vaqt birligida (soat, sutka) yo‘lning har bir kilometrga to‘gri keluvchi transport vositalari soni tushuniladi. Amalda bu ko‘rsatkich yil davomidagi o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkich bilan xarakterlanadi. Harakat jadalligi o‘zgaruvchan miqdor bo‘lib, u yuk oqimi, tarkibi va konfiguratsiyasining yil fasli va sutka davomida o‘zgarishlari bilan bogliqdir. Yo‘llardagi harakatning oqilona tizimini tuzish uchun yo‘lning ayrim uchastkalaridagi va butun yo‘l davomidagi harakat jadalligini hisobga olish zarur. 4. Transport vositasining marshrutdagi harakatini tashkil etish va uning sxemasi. Yuk avtomobillari harakati sxemasi mayatnikli (2 nuqta orasida qatnov), halqasimon, radial va sirtmoqsimon marshrutlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ish marshrutini tanlash yuk jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar joylashuvi hamda transport vositasining unumli ishlashi bilan bogliqdir. Bunda tashiladigan yuk turi, kuzov konstruksiyasi, tashishning shosholinchligi kabilarni e’tiborga olish lozim. Ba’zi hollarda ikki va undan ortiq marshrutlarni birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Masalan, halqasimon marshrutda ishlayotgan avtomobilning ishdagi vaqti bir oz bajarilmay qolsa, avtomobilni o‘sha qisqa vaqt ichida mayatnikli marshrutda ishlatish va h.k. Mayatnikli marshrut deyilganda ikki o‘zgarmas ortish-tushirish punkti orasida qaytariluvchi qatnashlar tushuniladi. Bunda qatnovlarning yukli yoki yuksiz, yoki orqaga qaytishda ayrim qism yukli, yoki yuksiz bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Ortish va tushirish punktlari orasidagi masofa marshrut yelkasi deyiladi. Mayatnikli yuk tashish tizimi to‘rt xil bo‘ladi: ikki tomonlama yukli qatnov, orqasiga yuksiz qatnov; orqaga qatnovda marshrut yelkasining bir qismida yukli qatnov, orqaga qaytishda asosiy marshrutdan chiqib, yo‘lakay yuk tashish. Oxirgi keltirilgan qatnov turi umumiy yukli qatnov masofasi, yuksiz qatnov masofasidan ortiq bo‘lgandagina ishlatiladi. Asosiy marshrutdan chiqib ishlash transportning aylanish vaqtini oshirgani uchun har doim ham bunday tashishlar o‘zini oqlay olmasligini nazarda tutish kerak. Halqasimon marshrutda avtomobil bir yo‘nalishda o‘zaro birlashuvchi chiziqda bir necha orti-tushirish joylaridagi yuklarni tashish bilan shugullanadi. Ko‘pincha bunday tashishlar mayda yuklarni yigib tashish yoki aksincha, tarqatib tashishda qo‘llaniladi. Bunda tashish asosiy talablarga javob berishi lozim. Masalan, yuk tashishning shoshilinchligi, yuklar turi kabilar. Agar turli xil juda ko‘p yuklar halqasimon marshrutda tashilsa, ajartiladigan avtomobillar ularni tashishga mos bo‘lishi zarur. Radial marshrutda avtomobil bir yuk jo‘natish joyidan barcha qabul etuvchilar yoki barcha jo‘natuvchilardan bir joyga yuk tashiydi. Masalan, temir yo‘l bekatlariga xizmat etish, donlarni elevatorga tashish va h.k. Radial yoki mayatnikli marshrutda tashishni tashkil etish avtomobillar ish unumdorligini taqqoslab tahlil qilish bilan tanlanadi. Sirtmoqsimon marshrutda, avtomobillar bir necha tur marshrutlarda aralash ishlatiladi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling