Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Majburiy maktab ta’limi
Majburiy maktab ta’limi 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, u 12 yilga mo‘ljallangan. Majburiy maktab ta’limi to‘g‘risidagi nizomni 
bajarish uchun 9 yil mobaynida (ba’zi yerlarda 10 yil mobaynida) maktabga to‘liq 
o‘quv haftasi davomida borish, shundan so‘ng majburiy kasb-hunar maktabiga to‘liq 
bo‘lmagan o‘quv haftasi davomida qatnashish lozim (agar o‘smir umumta’lim 
maktabining yuqori bosqichiga yoki kasb-hunar maktabiga to‘liq o‘quv haftasi 
davomida qatnashayotgan bo‘lsa). Davlat maktablarining barchasida o‘qish bepuldir. 
O‘quv qo‘llanmalar ham, asosan darsliklar, qisman bepul beriladi. Ba’zida o‘quv 
qo‘llanmalar va darsliklar vaqtincha foydalanish uchun berib turiladi. Ba’zida o‘quv 
qo‘llanmasi narxining bir qismi ota-onaning daromadiga bog‘liq holda to‘lanadi.
Diniy ta’lim asosiy qonunga muvofiq — oddiy fan sifatida o‘qitiladi, lekin 
nokonfessional maktablar bundan mustasnodir.


Asosiy qonunga muvofiq ushbu fanni o‘qitish yoki o‘qitmaslik to‘g‘risidagi 
qarorni ota-ona qabul qiladi. 12 yoshdan boshlab bolalarning diniy tarbiyasi haqidagi 
qonunga binoan ota-onaning qarori farzandning roziligi bilan tas- diqlanishi lozim. 
14 yoshdan o‘quvchi ushbu fanni o‘qish yoki o‘qimaslik haqida o‘zi qaror qiladi, agar 
bunda yerlar huquqi boshqa bir muvofiqlashtiruvchi vositani ko‘zda tutmagan bo‘lsa.
Asosiy qonunda mustaqil ta’sischilarga ega bo‘lgan xususiy maktablarni 
tashkil etish va saqlash kafolatlanadi. Agar bunday xususiy maktablar davlat 
maktablari o‘rniga tashkil qilinsa, ularning ta’sis etilishi uchun davlat ruxsat berishi 
zarur. Mustaqil ta’sischilarga ega bo‘lgan maktablar ta’lim sohasidagi davlat 
xizmatlarining mutanosibligini boyitadi va shuning uchun yerlar tomonidan moddiy 
yordam olishadi. Germaniyada bunday maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilar soni 
yildan-yilga ortib bormoqda. 1995-96 o‘quv yilida ularning soni 490.000ta edi. 
Maktablarning o‘zi esa 2.121ta edi. «Xususiychilar» ning 44 foizi gimnaziyalarda, 13 
foizi valdorf maktablarida, 10 foizi aqlan zaif va nogironlar uchun maxsus 
maktablarda, qolganlari esa turli yo‘nalishdagi maktablarda ta’lim olmoqda.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling