Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Barcha uchun ta’lim. Mamlakatda hech bir kishi mutaxassislikka ega bo‘lmay 
turib mehnat faoliyatini boshlashi mumkin emas. Kasbiy ta’limning dual tizimi o‘zini 
yaxshi tomondan ko‘rsatib, doimo mukammallashib bormoqda. Shuning uchun bo‘lsa 
kerak qator mamlakatlarning bu tizimga qiziqishlari ortmoqda.
Yoshlar ichida korxonalarda o‘quv joylariga talab oshayotganiga qaramay, shu 
paytgacha taklif va talab o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga erishilib 
kelinmoqda. Germaniya’ning birlashuvi to‘g‘risidagi Shartnomada sohada 
yoshlarning harakatchanligini oshirish maqsadida mamlakatning har ikkala qismida 
olingan kasbiy ta’lim to‘g‘risidagi guvohnomalar tan olinadi.


Oliy o‘quv yurtlari. Germaniya’ning eng qadimgi oliy o‘quv yurti — 
Geydelbergdagi universitet 1386 yilda tashkil etilgan. Boshqa ko‘pgina uni- 
versitetlar 500 yillik yubileylarini nishonladilar, bular jumladan, urf-odatlarga boy 
Leypstigdagi (1409 yilda tashkil etilgan) va Rostokdagi (1419 yilda tashkil etilgan) 
universitetlardir. Ular bilan bir qatorda juda yosh universitetlar ham mavjud, ularning 
20dan ortig‘i 1960 yildan so‘ng tashkil etilgan.
Sekinlik bilan rivojlanayotgan universitetlar bilan bir qatorda oliy texnik o‘quv 
yurtlari, pedagogika institutlari va, xususan, asrimizning 70-80-yillarida 
ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari tashkil topdi. Barcha yoshlarning o‘qishga qabul 
qilinishi huquqi — oliy maktab sohasidagi siyosatning maqsadiga aylanadi.
1960 yilda oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning faqat 8 foizigina o‘qiy boshlagan 
bo‘lsa, butungi kunda barcha maktab bitiruvchisining deyarli har bir uchinchisi oliy 
o‘quv yurtiga qabul qilish haqida ariza beradi. Ammo, ta’kidlash joizki, keyingi 
yillarda Olmoniya oliy ta’limida muammolar ko‘paydi. Jumladan, 1996-
97-yillarda qishki semestrda mamlakatda talabalar, soni 1,83 mln kishiga kamaydi.
Yana bitta muammo — bu ta’lim olishning o‘rtacha muddati nihoyatda 
kattaligidir. Buning uchun federastiya va erlar o‘quv jarayoni to‘zilmasini isloh qilish 
va oliy o‘quv yurtlarining samaradorligini oshirish haqidagi masalani ko‘rib 
chiqmokdalar. Olmoniyada oliy o‘quv yurtlari faqatgina ta’lim sohasidagi vazifalarni 
bajaribgina qolmay, balki ilmiy tadqiqotlar uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ularning nazariy tadqiqotlar sohasidagi faoliyati Olmoniyadagi ilmiy tadqiqotlarning 
umumiy darajasini oshirishga yordam beradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling