Dunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi
Download 29.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqDunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi - Siyosiy geografiya amaliy mashg\'ulotlar
Siyosiy geografiya Dunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi Reja 1. Anklav va eksklav hududlar haqida umumiy tushuncha 2.Anklav hududlar va ularning turlarga bo’linishi 3. Jahon siyosiy xaritasidagi anklav davlatlar 4. Jahon siyosiy xaritasidagi eksklav davlatlar Dunyoning ko’pgina mintaqalarida anklav hududlar mavjud bo’lib, bunday hududlarning borligi ba’zi holatlarda qo’shni davlatlar o’rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko’rsatadi va hududiy bahslarga sabab bo’ladi. Hudud siyosiy geografik nuqtai- nazardan xalqaro-huquqiy munosabatlardagi eng asosiy masalalardan biridir. Hudud va chegara masalalarining hal qilingani u yoki bu davlatning xavfsizligi ta’minlanganini bildiradi va, o’z navbatida, umumbashariy xavfsizlikning muhim omili hisoblanadi. Soha vakillari anklav hududlar bilan bog’liq har qanday tadqiqotlarda o’ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishadi. Fikrimizcha bu masala nozik siyosiy masala bo’lgani uchun ham na siyosatshunoslar, na geograflar tomonidan yoki boshqa mutahasislar tomonidan nazariy va amaliy jihatdan to’la tadqiq etilmagan hamda tugallanmagan tadqiqotdir. Anklav so’zi (fransuzcha enclave so’zidan olingan bo’lib, “yopiq, qurshovda qolgan hudud” ma’nolarini anglatadi) davlat hududining bir qismini boshqa davlat hududida qolganligi deb ta’rif beriladi. O’zbekiston yuridik ensiklopediyasida “anklav” ga “bir davlatning barcha tarafdan boshqa bir davlat (yoki bir necha davlatlar) ning quruqlikdagi hududi bilan qurshab olingan hududi (hududining bir qismi)” deya ta’rif berilgan. Yana shuni aytib o’tish joizki, “anklav” nafaqat yuridik atama sifatida, balki ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida ham qo’llanadi. “Anklav” so’zi lotin tilidagi “inclavatus” dan olingan bo’lib, “yopiq”, “qulf solingan” va “clavis” – “kalit” ma’nolarida qo’llanilgan. Shuningdek mazkur atama ingliz, fransuz, ispan va italyan tillarida ham ko’p ishlatiladi. Anklav hududlar va ularning turlarga bo’linishi. Anklav hududlar va u bilan nazariy va amaliy masalarni sobiq Ittifoq vaqtida va hozirda ham rus olimlari tomonidan chuqurroq tadqiq etilgan. Download 29.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling