Dunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi
Download 29,92 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqDunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi - Siyosiy geografiya amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh sahifa - Mundarija
Glossariy
Delimitatsiya (latincha delimitatio – aniqlash) – davlatlar o’rtasidagi chegaralarning umumiy yo’nalishi (davlat chegaralari)ni muzokaralar yo’li bilan aniqlash. Odatda, demilitatsiya to’g’risidagi qaror davlat chegarasini aniqlash yoki Rus olimi E.Vinokurov barcha anklav va eksklav hududlarni 3 ta guruhga ajratgan (1-chizma). Agar biror davlat hududining bir qismi boshqa davlat hududi bilan to’liq o’ralgan holatda bo’lsa unda “to’liq anklav” kategoriyasiga kiradi. Bunday holatda jarayonning geografik va siyosiy ko’rinishlari turlichadir. Agar bir davlatning quruqlikdagi hududi dengizga chiqish yo’li mavjudligi sababli, boshqa bir davlat hududi bilan qisman o’rab olingan bo’lsa, u “yarim anklav” deb ataladi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, hozirgi kunda ushbu yo’nalishdagi muammolardan biri anklav hududlarning huquqiy maqomini belgilash bo’yicha yakdil fikrning yo’qligidir. Xalqaro huquqda ko’zga ko’ringan olimlardan biri B.Klimenkoning ta’kidlashicha, agar anklavning dengiz orqali asosiy davlat bilan bog’lanish imkoni bo’lsa, u tom ma’nodagi anklav hisoblanmaydi (Qodirov O’). Hozirgi kundagi anklavlarga misol sifatida Fransiyaning Sharqiy Pireneya departamentida joylashgan, Ispaniyaga qarashli Liviya shahrini, Barle-Nassau va Barle-Xorti (Gollandiyadagi Belgiya anklavlari), Byuzingen va Ferenaxov (Shveysariyadagi Germaniya anklavlari), Kampion (Shveysariyadagi Italiya anklavi) ni keltirish mumkin. 1-chizma. Anklav hududlarning turlarga bo’linishi Agar biror hudud boshqa davlat suv hududlari bilan ajralgan bo’lsa, unda bular “orol anklav” deyiladi. Hozirgi kunda 3 ta shunday orol anklavlar bor. Bular Mozambikning hududiy suvlaridagi 2 ta Malavi oroli, 1 ta Nyasa ko’lidagi Argentina oroli shular jumlasidandir. Shuningdek hudud quruqlikda boshqa davlat bilan o’ralgan holatda bo’lib, biroq dengizga chiqish imkoniyati bo’lsa u “to’liq anklav” yoki “qirg’oq bo’yi anklavi” deyiladi. Agar ma’lum bir quruqlik dengiz yoki ko’l suvlari bilan o’ralgan bo’lsa, bunday holatda ular “dengiz anklavi” yoki “ko’l o’zgartirish haqidagi sulh muzokaralari yoki maxsus kelishuvlarning tarkibiy qismi bo’ladi. Shartnoma tuzayotgan tomonlar delimitatsiya jarayonida chegara chiziqlarini (odatda, xaritada) aniqlab oladilar va bu hol bitimning alohida moddasida yoxud bitim ilovasida bayon etiladi. Bu dastlabki materiallar chegaralarni belgilashning keyingi bosqichi – ko’zda tutilgan chegaralarni joylarda o’tkazish (demarkatsiya) uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. anklavi” deyiladi. Anklavning yana bir turlaridan biri “peneanklav” bo’lib, odatda bunday peneanklavlar tog’li hududlarda joylashgan bo’ladi. Bir qator holatlarda peneanklav va borishi qiyin bo’lgan hududlar o’rtasidagi farqni aniqlash juda qiyin. Peneanklav - bu davlatning asosiy hududidan ajralmagan bo’lib, faqatgina atrofdagi davlatni kesib o’tishda amal qilish mumkin bo’lgan hududlardir. Peneanklav – lotincha so’z bo’lib “deyarli” degan ma’noni bildiradi. Peneanklavning asosiy xusiyatlaridan biri – asosiy hududga deyarli o’tkazib yuborilmaydigan zanjir bilan ulangan. Yuqorida aytib o’tilganidek, ularning aksariyati tog’larda joylashgan bo’ladi. Jahon siyosiy xartiasida shunga o’xshash 32 ta anklav hududlar aniqlangan (Vinokurov E). Jahon siyosiy xaritasida uchinchi tartibdagi anklav hududlar ham uchrab turadi. Masalan Kuch- Bixar anklavi Bangladeshdagi Hind va Bangladesh chegarasida joylashgan. Bangladeshda 106 ta Kuch-Bixar okrugini eksklavlari (shu jumladan 3 ta ikkinchi darajali, bitta uchinchi darajali anklavlar) joylashgan. Shuningdek Hindistonda Bangladeshning 92 ta eksklavi jumladan 21 ta ikkinchi tartibli anklavlari bor (E. Vinokurov, 2007). Bunday anklvlarning juda zich va chigal joylashganligi uchun kompleks anklavlar ham deb atashadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, birinchidan ushbu “anklav” atamasi hali tugal mazmunga ega emas, ikkinchidan mazkur tushunchani aniqlash mezonlari va chegaralari to’liq ishlab chiqilmagan va butun dunyo bo’yicha bir xil mezon sifatida qabul qilinmagan. Anklav hududlarning xalqaro-huquqiy maqomi belgilanmaganligi sababli–bunday hududlarda yashovchi aholining turmushini og’irlashtiradi, har qanday davlat o’z hududining yaxlitligi, chegaralarining daxlsizligini ta’minlash maqsadida anklavlar ustidan o’zining suverenitetini o’rnatish uchun tegishli chora-tadbirlarni ko’rishi davlatlar o’rtasida ba’zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 37- jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi anklav davlatlar 38-jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi to’liq anklav hududlar 39-Jadval. Pene anklav hududlar 40-jadval. Jahon siyosiy xaritasidagi eng katta anklav hududlar Bosh sahifa - Mundarija Ibragimov Lutfullo Ziyadullayevich Xamroyeva Feruza Asrorovna Barcha huquqlar himoyalangan © 2023 yil Download 29,92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling