Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining o’zgarishi, almashinuvi qonuniyatlarini o’zida to’la aks ettiradi. Dunyo siyosiy xaritasi (DSX) – tarixiy
davrlarning ko’zgusi, mamlakatlar, materiklar, qit’alar, dunyo siyosiy-iqtisodiy bo’linishining o’ziga xos tasviridir. Uning shakllanishi ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi, jamiyatning sinflarga bo’linish davridan boshlangan. DSX ko’p asrlar davomida davlatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va tarqab (yo’qolib) ketishi, chegaralarning o’zgarishi, metrapoliya va mustamlakalarning tashkil topishi, dunyoning hududiy bo’linishi, qayta bo’lib olinishi kabi tarixiy o’zgarishlar, jarayonlarni o’zida aks ettiradi. Shu sababdan DSXning shakllanishi va tashkil topish davrlari ham dunyo tarixi davrlariga mos bo’lishi kerak. DSXning shakllanishi quyidagi davrlarga bo’linadi: qadimgi, o’rta asrlar, yangi davr va eng yangi davr.
Do'stlaringiz bilan baham: |