Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati
Dunyodagi maydoni bo’yicha eng yirik davlatlar1
Download 0.89 Mb.
|
2-mavzu maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dengiz yo’liga chiqish imkoniyati berk bo’lgan mamlakatlar
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Dunyodagi maydoni bo’yicha eng yirik davlatlar1
Mamlakatlarni iqtisodiy geografik o’rni bo’yicha guruhlaydigan bo’lsak, dengiz yo’liga ega bo’lgan va dengiz yo’liga chiqish imkoniyati berk bo’lgan mamlakatlarga ajratish mumkin (2.2-jadval). Davlatlarning tavsiflanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha olib boriladi. Mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini jahonning eng nufuzli xalqaro tashkilotlari BMT, Jahon banki va Xalqaro Valyuta fondi belgilab beradi. Hozirgi davrda dunyoda uchta guruhga xos mamlakatlar mavjud:
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar; Rivojlanayotgan mamlakatlar; Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri mamlakatlari. 2.2-jadval Dengiz yo’liga chiqish imkoniyati berk bo’lgan mamlakatlar
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga dunyoning 40 davlati to’g’ri kelib, bularga eng avvalo AQSh va Kanada, G’arbiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Isroil va 1 https://ru.wikipedia.org/wiki/Список_государств_и_зависимыx_территорий_по_площади boshqalar kiradi. Rivojlangan mamlakatlar dunyo siyosati va iqtisodiyotida tutgan o’rniga ko’ra ikki katta guruhga bulinadi:
Rivojlanayotgan davlatlar guruhiga dunyoning 150 mamlakati kirib, quruqlikning ikkidan bir qismi va dunyo aholisining to’rtdan besh qismi shu davlatlar to’g’ri keladi. Bu davlatlar Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada joylashgan. Bu davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasida jiddiy tafovutlar mavjud, shuning uchun ham ularni har xil turlarga ajratib o’rganiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika davlatlari muhim rol’ o’ynaydi. Tabiiy resurs zahiralari, aholi va iqtisodiy salohiyat ko’rsatkichlari bo’yicha mazkur davlatlar jahonda etakchi o’ringa ega. Oxirgi yillarda jahonda ishlab chiqarilgan yalpi jahon mahsuloti (YaJM) qiymati bo’yicha Xitoy 2 o’rinni va Hindiston esa 4 o’rinni egallamoqda, hatto rivojlangan mamlakatlardan ham o’zib ketdi.
asrning 80-90 yillarida, jahon iqtisodiyotida iqtisodiy rivojlanish bo’yicha keskin sakrash sodir etgan “yo’lbars” yoki “ajdar” deb nomlangan yangi industrial davlatlar vujudga keldi. Hozirgi paytdagi xalqaro nufuzli tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong va Tayvan davlatlari rivojlangan davlatlar qatoriga kiritilgan. Malayziya, Tayland, Indoneziya va Fillipin ham yangi industrial davlatlari deb tan olingan. Rivojlanayotgan davlatlar qatorida neft eksport qiluvchi Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirligi, Qatar, Baxreyn, Liviya va Bruney alohida guruhni tashkil etadi. Bu davlatlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha iqtisodi boy, valyuta tushumining asosiy qismi neft eksporti hisobiga to’ri keladi. Rivojlanayotgan davlatlarning aksariyat qismini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sust bo’lgan qoloq mamlakatlar guruhi tashkil etadi. Bularning umumiy soni 50 tadan ortiq bo’lib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida joylashgan davlatlar kiradi. Masalan, Shri Lanka, Ganu, Gvineya, Zimbabve, Boliviya, Ganduras va boshqalar kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri mamlakatlariga rejali iqtisodga asoslangan sobiq sotsialistik mamlakatlar, ya’ni ilgari SSSR tarkibiga kiruvchi 15 ta respublika hamda Markaziy va Sharqiy Evropada joylashgan 12 ta davlat va Mongoliya kiradi. Bu davlatlarda XX asrning 80-90 yillaridan boshlab, ma’muriy-buyruqbozlikka va rejali iqtisodga asoslangan xo’jalikdan bozor iqtisodiyoti tizimiga o’tish, demokratik jamiyat qurish, inson huquqlarini himoya etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari amalga oshmoqda. Nazorat va muhokama uchun savollarDownload 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling