Dunyo tillari va o`zbek tili
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar
Download 96 Kb.
|
2 5287589836457258297
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog‘lanadi: 1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ‒ ergash gap. Qolipi 2 xil: 1) ergash gap + bosh gap. 2) bosh gap + ergash gap. 2. Ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois) ‒ bosh gap. Qolipi: ergash gap + bosh gap. 3. -ki yuklamasi ‒ bosh gap. Qolipi: bosh gap + ergash gap. 4. Nisbiy so‘zlar (kim – o‘sha, nima – shu, qayer – shu yer va boshqalar) ‒ ergash gap. Qolipi: ergash gap + bosh gap. 5. deb so‘zi ‒ ergash gap. Qolipi: ergash gap + bosh gap. Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti kabilarni bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Sabab, maqsad bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi, ya’ni bosh gap + ergash gap qolipida bo`ladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi: Kamtar bo`l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. Ular mening aytganimni qilishadi, negaki men oilaning kenjatoyiman. Bu masalani hal qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi, ya’ni ergash gap + bosh gap qolipida bo`ladi: Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`yaman. Basharti yomg`ir yog`sa, ular orqaga qaytar ekan. Mabodo men chiqolmay qolsam, qo`ni-qo`shnilarga o`zing bosh bo`lib borib kelaveringlar. Ko‘pincha shart bog‘lovchilari qo‘llanmasa ham, shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi: Yomg`ir yog`sa, cho`llar yashnaydi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling