Dunyo tillari va o`zbek tili


Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar


Download 96 Kb.
bet7/8
Sana22.04.2023
Hajmi96 Kb.
#1378166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287589836457258297

Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar
Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi. Bunda bosh gap tarkibida shunisi, shu narsa, shuni, shunday, ba’zi, ayrim va boshqa so`zlar keladi va bosh gap + ergash gap qolipida bo`ladi: Shunisi quvonarliki, sinfdagi o`quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. Shu narsa aniqki, maktab ta’limi o`quvchilar uchun yaxshi poydevor sanaladi. Shuni bilingki, aql bilan odob ‒ jism bilan jon. Shunday odamlar borki, har doim havasing keladi. Ba’zi o`quvchilar borki, ular darsda faol qatnashmaydilar. Ayrim muammolar borki, ularni bir-ikki kishi hal qila olmaydi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi: Baxtim shuki, seni uchratdim. Ba’zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi: Odam borki, odamlarning naqshidir.


Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar
Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi. Bunda ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap + bosh gap qolipida bo`ladi: Kim harakat qilsa, u baraka topadi. Nima eksang, shuni o`rasan. Sen qancha intilsang, shuncha natijaga chiqa olasan. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko`rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko`radi. Sen qanday salom bersang, shunday alik olasan. Qayerda tinchlik bo`lsa, o`sha yerda rivojlanish bo`ladi.
Ba’zan nisbiy so`zli ergashgan qo`shma gapning bosh gapi tarkibidagi olmosh yashirin qo`llaniladi: Kimning aqli bo`lsa, (uning) ayblari yashirin va do`stlari ko`p bo`ladi. Kim yaxshi o`qisa, (u) yuqori ball ola biladi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling