Dunyo tillari va o`zbek tili


Download 96 Kb.
bet2/8
Sana22.04.2023
Hajmi96 Kb.
#1378166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287589836457258297

Qo‘shma gaplar tasnifi
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplar. 2. Ergashgan qo‘shma gaplar. 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.


BOG`LANGAN QO`SHMA GAP
Q ismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘langan gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi. Ularning qolipi orqali ifodalanadi.

Demak, bog`lovchisiz qo`shma gapning qolipi ikkita to`rtburchak orqali ko`rsatiladi.


Bog`langan qo`shma gaplar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Biriktiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap.
2. Zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gap.
3. Ayiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap.
4. Inkor bog`lovchili bog`langan qo`shma gap.
5. Bo`lsa, esa so`zlari bilan bog`langan qo`shma gap.


Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
Biriktiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gaplarda sodda gaplar va, hamda, -u, -yu, -da, ham bog`lovchilari bilan birikadi: Ko`pirar tomirlarda qon va portlar hademay bu o`tli vulqon. Bugun qor yog`di hamda atrof oppoq tusga burkandi. Mana, sen ketding-u, bo`ldim men xayolkash. Kuzning o`rtalarida havo bir-ikki daf’a aynidi-yu, vodiyga qalin tuman tushdi. Kun botdi-da, osmonda yulduzlar paydo bo`ldi. Haftalar o`tdi ham tugadi savdo. Ham yomg`ir yog`di, ham qor yog`di.
Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi. Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi. Masalan: Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. // Anor so‘zlar, (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling