Dunyo tillari va o`zbek tili
Download 96 Kb.
|
2 5287589836457258297
- Bu sahifa navigatsiya:
- -u (-yu), -da
- Biriktiruv
Qo‘shma gaplar tasnifi
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplar. 2. Ergashgan qo‘shma gaplar. 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. BOG`LANGAN QO`SHMA GAP Q ismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘langan gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi. Ularning qolipi orqali ifodalanadi. Demak, bog`lovchisiz qo`shma gapning qolipi ikkita to`rtburchak orqali ko`rsatiladi. Bog`langan qo`shma gaplar quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Biriktiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap. 2. Zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gap. 3. Ayiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap. 4. Inkor bog`lovchili bog`langan qo`shma gap. 5. Bo`lsa, esa so`zlari bilan bog`langan qo`shma gap. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap Biriktiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gaplarda sodda gaplar va, hamda, -u, -yu, -da, ham bog`lovchilari bilan birikadi: Ko`pirar tomirlarda qon va portlar hademay bu o`tli vulqon. Bugun qor yog`di hamda atrof oppoq tusga burkandi. Mana, sen ketding-u, bo`ldim men xayolkash. Kuzning o`rtalarida havo bir-ikki daf’a aynidi-yu, vodiyga qalin tuman tushdi. Kun botdi-da, osmonda yulduzlar paydo bo`ldi. Haftalar o`tdi ham tugadi savdo. Ham yomg`ir yog`di, ham qor yog`di. Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi. Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi. Masalan: Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. // Anor so‘zlar, (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling