Dunyo tillari va o`zbek tili


Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap


Download 96 Kb.
bet4/8
Sana22.04.2023
Hajmi96 Kb.
#1378166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287589836457258297

Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
Inkor bog‘lovchisi bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog‘langan qo‘shma gaplarda kesimlar bo‘lishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so‘zlar orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi: Na bironta odamning sharpasi ko`rinadi, na bir shitirlagan tovush eshitiladi. Na so`zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor.


Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gap
Bo‘lsa, esa so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi: Tovus o`zining chiroyli patini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o`zining sharaf-u shonini saqlaydi (qiyoslash). Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to`g`rilik bo`lsa uni saodatga boshlaydi (zidlik). Bo‘lsa, esa so‘zlari qo`shma gapning ikkinchi sodda gapida qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi. Masalan, Jahl ‒ dushman, aql esa do`stdir gapida aql so`zi qiyoslanuvchi bo`lak sanaladi.


ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi.


Bosh va ergash gap
Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi.
Ergashgan qo‘shma gaplar, asosan,
yoki
qolipida ifodalanadi.
Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar nechta bo‘lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan: hokim va tobe so‘zlardan tashkil topadi.



Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling