Dunyo tillari va o`zbek tili
Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Download 96 Kb.
|
2 5287589836457258297
Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. Demak, bunday ergashgan qo`shma gaplar ergash gap + bosh gap qolipida bo`ladi: Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. Hunar ado bo`lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog`ingdan boshlab biron-bir hunarni o`rganish payida bo`l. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu tufayli mo`l hosil oldik. Shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo`q edi, shu bois tag`in jiddiy ishga kirishib ketdilar. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha deb so‘zi yordamida bog‘lanadi. Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart maylidagi, shuningdek, kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganda, asosan, maqsad ma’nosi, o‘tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganda, ko‘proq sabab ma’nosi anglashiladi: Ukalarim bezovta bo`lmasin deb, to`ng`ich botir to`qayning bir chekkasiga qochdi. Mehmonlar kelsa deb, barcha sharoit muhayyo qilib qo`yildi. Shoir she’r yozaman deb, qo`liga qalam oldi. Qo`ng`iroq chalindi deb, o`quvchilar sinflarga kirib ketishdi. Bunday ergashgan qo`shma gaplarning qolipi ergash gap + bosh gap shaklida bo`ladi. Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo‘shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi va ergash gap + bosh gap qolipida bo`ladi: Esli-hushli do`stlaringiz bo`lsa, biznikiga olib kelarsiz. Qaldirg`och pastlab uchsa, yog`ingarchilik bo`ladi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi: Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg`ir yog`adi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling