Dunyo tillari va o`zbek tili
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
Download 96 Kb.
|
2 5287589836457258297
- Bu sahifa navigatsiya:
- -u, -yu, -da
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar ammo, lekin, biroq, -u, -yu, -da kabi zidlov bog`lovchilari bilan birikadi va ular o‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini ifodalaydi. Zidlov munosabtli bog`langan qo`shma gaplar ammo, lekin, biroq bog`lovchilari bilan biriksa, ulardan oldin; -u, -yu, -da bog‘lovchilari bilan biriksa, ulardan keyin vergul ishlatiladi: Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko`klam biroz noqulay keldi. Kechasi yana qor yog`gan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. Yo`lning ikki chetidagi g`alla tovlanardi, ammo ular o`tgan yillardagi kabi baland emas edi. Umrlar o`tar-u, kitoblar yashar. Oyim gapiryapti-yu, mening ko`zlarim Kimsan akamda. Qo`ng`iroq chalindi-da, dars boshlanmadi. -u, -yu, -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida ketma-ketlik, zidlash munosabati mavjudligini bildiradi. Agar -u, -yu, -da yuklamalari biriktiruv bog`lovchilari vazifasida kelsa, ketma-ketlik; zidlov bog`lovchilari vazifasida kelsa, zidlik ma’nosini ifodalaydi: Termometr hamshiraning qo`lidan tushib ketdi-da, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. Keta boshladim-u, notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ulardan faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Agar bunday bog`langan qo`shma gaplar yo, yoki bog`lovchilari bilan biriksa, ikki voqea-hodisadan bittasini; goh-goh, dam-dam, bir-bir, ba’zan-ba’zan bog`lovchilari bilan biriksa, galma-gal sodir bo`lgan voqea-hodisani ifodalaydi: Urug` ayniganmi yo agrotexnika qoidalariga amal qilinmaganmi? Yo siz keling, yo men boray. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh musiqa sadosi avjiga chiqadi. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. Bir qor yog`adi, bir yomg`ir quyadi. Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinadi, ba’zan itlarning vovullashi bu ovozlarni bosib ketadi. Yo, yoki bog‘lovchilari yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog‘lovchilari takror holda qo‘llaniladi va yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling