Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


Istiqlol va milliy madaniyat rivoji


Download 84 Kb.
bet7/7
Sana26.01.2023
Hajmi84 Kb.
#1127783
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar

Istiqlol va milliy madaniyat rivoji. Milliy mustaqillik yillarida O`zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar madaniyatini rivojlantirishga, ularning madaniy merosi va qadriyatlarini asrab-avaylashga aloxida e’tibor berila boshlandi. Bu jixatdan respublikamizda ozchilikni tashkil etadigan xalqlar milliy madaniy markazlarining tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir. 1991 yilda bunday markazlarning soni untaga yetmagan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 100 ortib ketdi. 1992 yilda mazkur markazlar ishini muvofiqlashtirib turadigan tashkilot - Respublika baynalmilal madaniyat markazi to`zildi.
O`zbekistondagi turli xalqlar va millatlarning umumiy G`oya va istiglol mafko`rasi atrofida birlashishi nixoyatda katta ahamiyat kasb etadi va O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi tomon rivojlanishida muxim omil bo`lib xizmat qiladi. Milliylik, umuminsoniylik G`oyalarini uyg`unlashtirish va yanada takomillashtirish muayyan xalqlarga tegishli madaniyatning o`ziga xosligini saglaydi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavkeni egallaydi. Umuminsoniy G`oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog`liqdir.
Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadokat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Тajriba shuni ko`rsatadiki, biron bir milliy madaniyatni ulug`lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo`yish va boshqa xalqlarga majburan targ`ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko`pmillatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy barqarorlik va milliy totuvlikka putur yetkazadi, turli ziddiyat va ixtiloflarning paydo bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada milliy G`oya va istiglol mafko`rasi asoslarini ishlab chiqishda etnik xususiyatlarni xisobga olish ularni respublika taraqqiyotining istiqbollari bilan uyg`unlashtirish imkonini yaratadi.
Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish — ma’naviy kamolot manbaidir. Bu esa madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy-nazariy jixatdan chuqur idrok etish barkamol inson shaxsini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.


Test
1. Ibtidoiy jamiyat odamlarining dunyoqarashi qanday bo‘lgan?
A) Idealistik
B) Materialistik
S) Sxolostik
*D) Mifologik
E) Dualistik
2. Birinchi teatr qaysi davlatda paydo bo‘lgan?
A) Misrda
B) Xitoyda
S) Italiyada
D) Hindistonda
E) Bobilda
3. Diniy falsafa dastlab qaysi mamlakat xalqlari hayotida paydo bo‘lgan?
A) Rimda
B) Movoraunnahrda
S) Misrda
*D) Hindistonda
E) Yunonistonda
4. Kishilik jamiyatida ma'naviy madaniyatning vujudga kelish sabablari nimada deb o‘ylaysiz?
*A) Turmush tarzida
B) Diniy tasavvurida
S) Yodgorlik qoldiqlarida
D) Tabiat Bilan aloqadorlikda
E) Siyosiy omil
5. Qadimgi maktablar dastlab qaerda tashkil etilgan?
*A) Misrda Xitoyda
S) Hindistonda
D) Movoraunnahrda
E) Rimda
6. Yevropa uyg‘onish davri dunyoqarashining asosida nima yotadi?
A) Materializm
B) Rasionalizm
S) Idealizm
*D) Insonparvarlik
7. Arxitektura uslublarining qaysi biri birinchi bo‘ib paydo bo‘lgan?
A) Barakko
*B) Roman
S) Ampir
D) Gotika
E) Fales
8. Quyidagi san'at oqimlari qaysi mamlakatda paydo bo‘lgan? (Kubizm, fovizm, syurealizm).

A) Italiyada


B) Germaniyada
S) Rossiyada
*D) Fransiyada
E) Angliyada
9. Kitob bosish usuli dastlab qaysi davlatda joriy etildi?
A) Misrda
*B) Xitoyda
S) Fransiyada
D) Germaniyada
E) Angliyada
10. Qaysi yilda O‘zbekistonda Musiqa teatri paydo bo‘lgan?
A) 1924-1925
B) 1926-1927
*S) 1928-1929
D) 1930-1931
E) 1941-1942
Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling