Dunyo yagona axborot makoniga aylangan hozirgi davrda g‘oyalar kurashi kun sayin turli ko‘rinishlarda avj olmoqda
Download 51.41 Kb.
|
yangi ma\'qolla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan, sotsiologik yо‘nalish.
Axborot - mavkuraviy xurujlarning qarshi himoya (profilaktika) vositalari.Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini о‘gartirishga qodir bо‘lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining о‘ziga xos yutug‘i bо‘ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar о‘zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruxiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mо‘jizakor xodisa.
Biroq sivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uni biqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli savol ham muammoga aylanmoqda. Butun О‘zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol subyektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot almashtirish saloxiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda. Hozirgi zamon axborot tizimi, uning juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, О‘zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umummilliy manfaat va umummilliy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning mohiyati va unsurlarni chuqur anglash zarur bо‘lib qolmoqda.Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qо‘llash zarur deb hisoblaymiz: Birinchidan, sotsiologik yо‘nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yо‘nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini о‘rganishni yо‘lga quyish kerak. Aholi turli qatlamlari qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur. Download 51.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling