Dunyo yagona axborot makoniga aylangan hozirgi davrda g‘oyalar kurashi kun sayin turli ko‘rinishlarda avj olmoqda


Download 51.41 Kb.
bet4/4
Sana15.03.2023
Hajmi51.41 Kb.
#1271263
1   2   3   4
Bog'liq
yangi ma\'qolla

Birinchidan, jamoatchilik fikrini о‘zgartirayotgan, chalg‘itayotgan vayronkor axborotlar tashqaridan, о‘ziga xos himoya qalqoniga ega bо‘lgan makonlardan kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yо‘l qо‘ymay, ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatiga barxam berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog‘liq xoldagi targ‘ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yо‘lidan borish.
Ikkinchidan, shuni nazarda tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi о‘z vaqtida, mо‘ljalni aniq olib munosabat bildirishda extiroslarga berilmaslik, ortiqcha shov-shuvlarga yо‘l qо‘ymasdan siyosiy vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta’sir о‘tkazish usullarini о‘zlashtirmoq lozim.
Axborot sohasida axborot xuruji qizg‘in avj olgan bir paytda ayni shu xurujlar mohiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda konfliktogen jixatlarini chuqur о‘rganish lozim. Buzg‘unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, muddaosi, ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik tо‘g‘ri о‘rganilsa, ularga shunchalik tо‘g‘ri va ishonchli zarba berish mumkin bо‘ladi.
XXI asr svilizatsiyasi oqibatida insoniyat hayoti axborot –psixologik taxdid kuchayayotgan jarayonni boshdan kechirmoqda.Bu, ayniqsa, rivojlanish yо‘liga chiqib olgan О‘zbekistonday yosh mustaqil davlatlarga kuchli salbiy ta’sir о‘tkazishi mumkin. Chunki har qanday asossiz, buzg‘unchi g‘oya о‘tish davriga xos bо‘lgan juz’iy kamchiliklar va о‘tkinchi ijtimoiy-iqtisodiy nuqsonlarni bо‘rttirib kо‘rsatib, jamoatchilik fikrini chalg‘itishi, uning istiqboliga ishonchini susaytirib yuborishi mumkin. Zotan, bugun jahon siyosati tobora madaniylashib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar insoniylashib, davlatlararo manfaatlar ustuvorligi yumshab borayotgan bir paytda ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanish, termo-yadro xavfini kuchaytirish, atom, vadorod, turli biologik, bakteriologik va kimyoviy aslaxalardan foydalanish ibtidoiy hodisaga aylanib qoldi.
Millatlarni yо‘q qilish, ularni qirqib tashlash, milliy xususiyatlari, an’analari va urf-odatlarini barbod etish yо‘li bilan mamlakatlarni zabt etish svilizatsiyaviy hodisaga aylandi. Bunday maqsadni amalga oshirishda axborot tizimidan foydalanish keng avj olib bormoqda. Mustaqil О‘zbekiston esa ana shu jarayonda о‘zining yangidan-yangi imkoniyatlarini, aqliy saloxiyatini, о‘zini о‘zi himoya qilish va har qanday tajovuzlarga qarshi tura olish iqtidorini namoyon etmoqda. Biroq bu yetarli emas. Aniq natijalarga erishish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb о‘ylaymiz:
-insonning shaxs va fuqaro sifatidagi imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish va uni shakllantirish;
-insonning о‘zini о‘zi himoya qila olish instinktini, о‘zini о‘zi boshqarish salohiyatini shakllantirish;
-alohida odamlar, guruhlar, qatlamlararo munosabatlarni yana ham barqarorlashtirish;
- jamoalar birligini, umumiy xonadon-yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissini kuchaytirsh;
-millatidan va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar О‘zbekiston fuqarosi bо‘lgan har bir shaxsning kelajak uchun ma’sulligini ta’minlash;
-kelib chiqishi mumkin bо‘lgan mojarolar, kelishmovchiliklar asoslarini, yо‘nalishlarini, ularning rivojlanish omillarini va dinamikasini doimiy tarzda, uzluksiz ravishda о‘rganib borish.
Ana shu tarzda, albatta, axborot soxasida milliy xavfsizlikni ta’minlashning О‘zbekiston tajribasi takomillashib bormoqda. Bu bevosita axborot huruji avj olayotgan, axborot tarqatish texnologiyalari toboro takomillashib , uning usul va uslublari yangilanib borayotgan bir paytda О‘zbekiston ayni ana shu svilizatsiyaviy jarayonning eng samarali, eng insonparvar usullaridan yana ham kengroq foydalanish imkoniyatlarini qidirmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, dunyo axborot makonida axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash eng avvalo mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu sa’y-harakatlar o‘z navbatida kelajagimiz bo‘lmish yosh avlod ongini yot g‘oyalardan himoya etishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish hamda Vatanga sadoqat ruhida kamolga yetkazishda ham muhim omil hisoblanadi
Download 51.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling