Dunyoda nima kuchli: she’rlar / Quddus Muhammadiy
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
xrpt ehurf6zp7ph0lbu2k8rel3b6247r14p6aalg7ax3r5247lugiblv4mrugmb8fr3gremnf0fx58p
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘KTAMOYNING PIANINOSI
- DADAVOYNING TILAGI
YAXSHIVOYNING SHE’RI
Mening nomim – Yaxshivoy, Ukam nomi – Naqshivoy. So‘rarsiz nega bunday? Javobi qiziq, shunday: Yaxshi-yomon so‘z farqin Dadamlar bilib yorqin, Deganlar mana bunday, So‘zni yashnatib kunday: «Yomon so‘zi doim sovuq, Yomondan hurkar tovuq. Hatto yomon deganni, Yomon bola bo‘lganni Hamma yomon ko‘radi. Yomon-yomon bo‘ladi, Yomondan dod qoladi, Yaxshidan ot qoladi». Yaxshi degan so‘z yaxshi, So‘zlarning guli, naqshi. Yaxshi so‘z ichi konday, Yoqimli xuddi jonday. Shuning uchun eng boshdan, Jajji chaqaloq yoshdan Bizni sevib ataylab. Nomni ham tanlab, shaylab, Yaxshi nom qo‘ygan dadam, Naqshi nom qo‘ygan dadam. Mening nomim – Yaxshivoy, Ukam nomi – Naqshivoy. 8 O‘KTAMOYNING PIANINOSI O‘ktamoy yalla qilib Pianino chalganda, – Barmoqlari o‘ynoqlab, Parda bo‘ylab chopganda, Eshitganlar sel bo‘lib, Oldidan ketolmaydi. Cholg‘u, qo‘shiqda unga Hech bola yetolmaydi. Bir yildan oshib qoldi, Qatnaydi to‘garakka, Talay mashqni biladi, Orkestrda yo yakka Chalib avjga chiqqanda Pardalar tilga kirar. O‘ktamoyning yo‘lidan Chiqmaydi, birga yurar. Qo‘l, vujudi betinim Cholg‘u bilan o‘ynasa, Bulbulni qochiradi U astoydil kuylasa. DADAVOYNING TILAGI Katta bo‘lay, o‘s, bo‘yim, Yetilgin ey, his-o‘yim. Qo‘llarim, oyoqlarim, Kuch yig‘sin barmoqlarim. Yigit bo‘lib men ham bot, Saylovga qatnashay shod! O‘qiyman shuning uchun, El, Vatan, sening uchun, 9 Shavkating, shoning uchun, Baxtli davroning uchun. Huquq, baxtim qo‘limda, Ne istasam yo‘limda, Yovlar boshi o‘limda, Daryo oqar cho‘limda. Katta bo‘lay, o‘s, bo‘yim, Yetilgin fikrim, o‘yim. Yigit bo‘lib men ham bot, Saylovga qatnashay shod! SINOV O‘qish, imtihon haqida ota so‘zi Sinov, bolam, bu kun senga, Umr-baxting sinovi. Sinovlardan yengib chiqar O‘g‘il-qizning mard, dovi. Sinalasan bu kun, jonim, Qadrdoning maktabda. Shu sinovdan yengib chiqsang, Baxt sen bilan, albatta. To‘g‘ri, ilm oson emas, Mashaqqati zo‘r rosa. Sinovdan ul o‘ta olar Mushkulni yenga olsa. «Olim bo‘lsang takror qil, Dehqon bo‘lsang shudgor qil!»... Degan xalqning maqoli bor Ma’nosini chaqib ol! Orzu-umid qilding dildan, Bir yerdan chiqishing bor. 10 Murod-u maqsadingga Albatta yetishing bor. Aqli donish yuragingni Mehnatga o‘rgatib ol! Bilim – gavhar durlarini, Miyangga to‘latib ol! Sinov, bolam, bu kun senga, Umr-baxting sinovi. Sinovlardan yengib chiqar O‘g‘il-qizning mard, dovi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling