Muharrirdan
5
KITOB SO‘ZI NIMADIR,
KITOB O‘ZI NIMADIR?
Bolajonim, savol ber,
Kimning fikri o‘tkir, zo‘r?
Jumboq topish o‘ylaymiz,
Uy olamin bo‘ylaymiz.
Kitob so‘zi nimadir,
Kitob o‘zi nimadir?
Qani, buni kim bilar,
Kitobga mehrin berar?
Buni siz o‘ylab turing,
Ungacha men aytay, ko‘ring:
Kitob so‘zi eng qiziq,
Hamma so‘zlardan o‘ziq.
Kitob so‘zi kel topdir,
Topish ko‘zi kon, bobdir.
So‘z go‘zali noyobdir,
So‘z o‘zari oftobdir!
Shul sabab kitob – oftob,
Degandayin meni top!
Endi kitob o‘ziga
Kelsak, borliq ko‘ziga
Kitob demak keng olam,
Barcha uchun teng olam,
Kitob – eng aziz odam.
Kitob – odam jamoli,
Kitob – olam jamoli.
Kitob – odam kamoli,
6
Kitob – odam yodgori.
Yaxshi, yomoni – bari,
Bari kitob ichida,
Tarix kitob burchida.
O‘qisak pinj-pinjidan
Kon topgandek jo‘shasan,
Jon topgandek o‘sasan.
Kitob – kino, tomosha.
Kinolar ham osha-tosha.
A’lolikni ko‘z-qoshi,
Kitob – olam quyoshi.
«Alifbe»miz ko‘z ochar,
Olamga mehr sochar,
Odamga nur yo‘l ochar.
Kitob – eng aziz odam,
Kitob – eng laziz olam,
Kitob – ota-onamiz,
Kitob – Vatan, xonamiz,
Kitob – tan-u jonimiz.
Kitob – ko‘z-u qoshimiz,
Kitob – do‘st-yo‘ldoshimiz.
Kitob – yer-u osmondir,
Butun yerga posbondir.
Odam, olam mehri kon,
O‘lmas odam mehri jon.
Kitob – dil, oynajahon,
Olam, oila, jahon,
Bilimlarning yuragi.
Butun olam tilagi.
Kitob ta’rifi bitmas,
Ta’rifiga so‘z yetmas.
Mening bilganim shudir,
O‘quvchim, o‘zing to‘ldir!
7
Do'stlaringiz bilan baham: |