4.5 Bellashuv natijasini aniqlash.
Bellashuv kurashcilardan birining sof g′alabasi, aniq ustunligi, ochko yoki ozgina ustunligi bilan tugashi mumkin.
Tashlash - bu sambochi raqibini muvozanatdan chiqarib, raqibni gilamga tanasining yoki tizzasining istalgan joyi tushushiga aytiladi. Ushlab turishda sambo kurashchisi raqibiga boshini yoki ko′kragini bosib, uni shu holatda 20 soniya ushlab turadi. Agar sambo kurashchisi raqibini orqa tomonga tashlab, tikka turgan holda va og′riqli ushlab tursa, 8 ochkoga erishgan taqdirda, muddatidan oldin g′alaba qozonishi mumkin (2015 yilgacha 12 ochko bo′lgan).
Sof g′alaba: Hujumchi tik holatdan raqibini orqasiga tashlaganligi uchun beriladi.
4 ball beriladi:
hujumchining yiqilishi bilan raqibini orqasiga tashlaganligi uchun;
hujumchidan yiqilmasdan raqibni yon tomonga tashlash uchun;
20 soniya ushlab turish uchun
2 ball beriladi:
hujumchining yiqilishi bilan raqibni yon tomonga uloqtirgani uchun;
hujumchining yiqilmasdan ko′kragiga, elkasiga, yon tomoniga tashlash uchun;
10 dan ortiq, lekin 20 sekunddan kam ushlab turish uchun (2018 yildan
boshlab qoidalarga o′zgartirishlar kiritildi va 10 soniya ushlab turish uchun 1 ball).
1 ball beriladi:
hujumchining yiqilishi bilan raqibni ko′kragiga, elkasiga, yon tomonga, tos suyagiga tashlash uchun.
Og′riqli usul ishlatish - bu parter holatidagi texnik harakat bo′lib, raqibni taslim bo′lishga majbur qilish. Sambo kurashida raqibning qo′llari va oyoqlariga bo′g′inlariga va mushaklarga og′riqli usulni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bellashuv vaqti - aniq vaqt 3-5 daqiqa.Hozirda sambo bo′yicha musobaqalarni o′tkazish bo′yicha oltita tizim mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |