Bunda kichik hisobdagi g′alaba kurashchi B ga beriladi.
Uchrashuv bitta hakamning harakatisiz yakunlanganda yoki ikkala kurashchida ogohlantirish bo′lsa, g′olib hakamlar tomonidan aniqlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Gong chalinadi va uchta hakam bir vaqtning o′zida
qo′llari bilan g′olibni ko′rsatadilar. Agar uchta hakam ham bitta kurashchiga ishora qilsa, unga ozgina ustunlik beriladi. Ammo hakamlarning fikri turlicha bo′lsa va ulardan biri qizil belbog′ga, qolgan ikkitasi yashil belbog′li kuraschiga ustunlik bersa, kurashchilar vaznini tortish belgilanadi va g′olib vazin tortish tugaganidan so′ng darhol kurashchilarning eng past og′irligi bilan aniqlanadi. Kurashchilar gilamda kurashgan kiyimlarida tortiladi.
Uchrashuvda g′olib hakamlarning qaroriga binoan yoki eng kichik vazn bilan 2,5, yutqazgan - 3 ochko yo′qotadi.
4.6 ShAXSIY G′OLIBLIKNI ANIQLASH.
Umumiy ko′rsatmalar.
Sambo kurashi musobaqalari qoidalarida ularni o′tkazishning quyidagi usullari nazarda tutilgan: aylanma usuli (kichik guruhlarga bo′lingan holda), chiqib ketish usuli (ma′lum miqdordagi ochko yoki mag′lubiyatlarni olgandan keyin) hamda aralash usul.
Musobaqalarni o′tkazishning u yoki bu usulidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi ishtirokchilar soniga, musobaqaga ajratilgan vaqtga, gilam soniga va boshqa sabablarga qarab belgilanadi.
Ishtirokchilarni kichik guruhlarga ajratish bilan doiraviy (krugovoy) usul eng ko′p qo′llanilgan. Ushbu usul yordamida ishtirokchilarning shaxsiy o;rinlarini adolatli ravishda aniqlash mumkin va musobaqaning har bir ishtirokchisi bir nechta bellashuvlarni o′tkazish imkoniyatiga ega bo′lib, u erda sport toifalarini belgilash uchun zarur bo′lgan g′alabalar bilan taqdirlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |