- Brend narxi: $129,800 mlrd
- Facebook – dunyodagi ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biridir. Uning foydalanuvchilarining soni bir milliarddan ortiq bo’lib, yanada uzluksiz o’sishda davom etmoqda.
- Loyihaga 2004 yil 4 fevralda asos solingan bo’lib, asosan Garvard talabalari uchun mo’ljallangan ijtimoiy tarmoq edi. Keyinchalik chegaralari kengaytirildi va butun dunyoga mashhur tarmoqqa aylandi. Facebookning asoschilari Garvard universitetining talabalari – Mark Tsukerberg, Eduardo Savertin, Dastin Moskovits, Endryu MakKolum hamda Kris Xyusdirlar.
- Brend avvalgidek 5-o’rinni saqlab qoldi.
- Google, Microsoft va Yahoo kabi kompaniyalar har doim Facebook'ga egalik qilishga qiziqishgan. Ular -yillar davomida Facebook'ni sotib olishga bir necha bor uringan. Biroq Sukerberg ularning 1 mlrd dan tortib 15 mlrd gacha bo‘lgan takliflarini rad etgan.
- Agar Facebook bir davlat bo‘lganda, uning aholisi soni (2,410,000,000) Xitoy, AQSh va Braziliya fuqarolarini qo‘shib hisoblangandan (1,922,500,000) ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |